Ular faqat oʻzlaridan oldingi kofir holda oʻtgan kimsalarning kunlariga oʻxshash bir kunni kutib turibdilar, xolos. Ey Rasulim, ularga: “Bas, kutib turaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutib turuvchilardanman”, – deb ayting.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular faqat oʻzlaridan oldingi kofir holda oʻtgan kimsalarning kunlariga oʻxshash bir kunni kutib turibdilar, xolos. Ey Rasulim, ularga: “Bas, kutib turaveringlar, men ham sizlar bilan birga kutib turuvchilardanman”, – deb ayting.
Soʻngra u kunda payg‘ambarlarimiz va iymon keltirganlarga najot beramiz. Moʻminlarga ana shunday qilib najot berishimiz zimmamizdagi haqdir.
Ey Muhammad, ularga: “Ey odamlar, agar mening haq dinimdan shubhada boʻlsangiz, bas, bilib qoʻyingki, men sizlarning Allohdan boshqa sig‘inayotgan butlaringizga sig‘inmayman. Aksincha, men sizlarni vafot ettiradigan Zot boʻlmish Allohga sig‘inaman hamda moʻminlardan boʻlishimga buyurilganman”, – deb ayting.

U Zot osmonlar va Yerni olti kunda yaratdi. Butun koinot yaratilishidan oldin Uning Arshi suv ustida edi. Alloh bularni sizlarning qaysilaringiz amal qilishda yaxshiroq ekan deb, sinash uchun qildi. Agar ularga: “Oʻlimdan keyin sizlar, albatta, qayta tiriluvchisizlar”, – desangiz, kufr keltirgan kimsalar: “Bu faqat ochiq-oydin sehrdir”, – deydilar.

Lekin og‘ir kunlarda sabr qilgan va yaxshi amallarni, qiladigan zotlar borki, ana ular uchun mag‘firat va ulkan mukofot bordir.
Ana unday kimsalar uchun oxiratda doʻzax oʻtidan boshqa hech qanday nasiba yoʻq. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketadi va qilib oʻtgan amallari behudadir.
Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqigandan ham zolimroq kimsa bormi?! Ana undaylar qiyomat kunida Robbilariga yuzma-yuz qilinadilar va guvohlar: “Mana shular Robbilari shaʼniga yolg‘on gapirganlardir”, – deydilar. Ogoh boʻlinglar, Allohning laʼnati zolimlar ustiga boʻladi.
U zolim kimsalarki odamlarni Allohning yoʻlidan toʻsadilar va uning qing‘ir boʻlishini istaydilar. Ular esa oxirat kunini inkor qiluvchilardir.
Ana oʻshalar qiyomat kunida oʻzlariga ziyon qildilar va oʻzlari toʻqib olgan butlari esa foyda bermay ulardan g‘oyib boʻldi.
Albatta, iymon keltirgan, solih amallar qilgan va Robbilariga itoat qilib boʻysungan kimsalar – ana oʻshalar, jannat egalari boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Shunda qavmi orasidagi kufr keltirgan zodagonlari: “Seni biz xuddi oʻzimizdek oddiy inson deb bilamiz va senga faqat quyi tabaqadagi odamlarimiz oʻylamay bir koʻrishda ergashganini ham koʻryapmiz. Sizlarni bizdan afzal joyingizni koʻrmayapmiz. Aksincha, sizlarni yolg‘onchi deb oʻylayapmiz”, – dedilar.

Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Nuh ularga: “Men sizlarga yonimda Allohning xazinalari bor, demayman. Koʻzdan pinhon boʻlgan g‘ayb hodisalarini ham bilmayman. Men farishtaman, – deb ham aytmayman. Shuningdek, sizlar koʻzlaringiz mensimay, haqir koʻrayotgan kimsalar haqida Alloh ularga hech qanday yaxshilik bermaydi, – deb ham aytmayman. Ularning qalblaridagi ixlosni Alloh juda yaxshi biluvchidir. Agar unday desam, unda men, shubhasiz, zolimlardan boʻlaman”, – deb aytdi.
Bizning nazoratimiz va vahiyimiz bilan kemani yasashni boshla va zulm qilgan kimsalarning najoti haqida Menga xitob qilma. Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir.
Ey qavmim, payg‘ambarlik vazifam uchun unga sizlardan biror-bir haq soʻramayman. Mening ajru mukofotim faqat meni yoʻqdan bor qilib yaratgan Zot zimmasidadir. Axir aql ishlatmaysizmi?!
Vaqtiki amrimiz boʻlgan kuchli shamol azobi kelgach, Hudni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat tufayli qutqardik va ularni qattiq azobdan xalos qildik.
Buyrug‘imiz boʻlgan azob vaqti kelgach, Solihni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat bilan azobdan va oʻsha kunning sharmandaligidan xalos qildik. Albatta, U Robbingiz kuchli va qudratli Zotdir.