Oʻlmaydigan hamisha tirik Zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdu sano bilan tasbeh ayting. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlishda Uning Oʻzi yetarlidir.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻlmaydigan hamisha tirik Zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdu sano bilan tasbeh ayting. Bandalarining gunohlaridan xabardor boʻlishda Uning Oʻzi yetarlidir.
U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. U Rahmondir, bas, U haqida xabardor Zotdan soʻrang.
Osmonda burjlarni paydo qilgan va unda chiroq hamda nur taratuvchi oyni yaratgan Zot barakatli va ulug‘dir.
U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi boʻlgan kishilar uchun kecha va kunduzni bir-birining oʻrnini bosuvchi qilib qoʻygan Zotdir.
Rahmonning suyukli bandalari yerda bosiqlik bilan yuradigan hamda johil kimsalar ularga keraksiz gaplar aytganida: “Salomat boʻling!” – deb javob qaytaradigan kishilardir.
Ular tunlarini Robbilari uchun sajda qilgan va tik turgan hollarida bedor oʻtkazadigan kimsalardir.
Ular: “Ey Robbimiz, bizlardan jahannam azobini uzoqlashtirgin. Albatta, uning azobi doimiydir.
Ular hayru ehson qilganlarida isrof ham, ziqnalik ham qilmaydilar. Shu ikkisining oʻrtasida moʻtadil yoʻl topadilar.
Ular Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Hamda zino qilmaydilar. Kimki mana shu gunohlardan birontasini qilsa, uqubatga duchor boʻladi.
Ular Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Hamda zino qilmaydilar. Kimki mana shu gunohlardan birontasini qilsa, uqubatga duchor boʻladi.
Rahmonning suyukli bandalari yolg‘on guvohlik bermaydilar. Agarda behuda soʻz oldidan oʻtib qolsalar oliyjanoblik bilan undan yuz oʻgirib oʻtib ketadilar.
Robbilarining oyatlari zikr qilingan paytda ular oyatlarga kar va koʻr boʻlib, beeʼtibor harakat qilmaydilar.
Ular: “Ey Robbimiz, juftu halollarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga koʻz quvonchini hadya qil va bizlarni taqvodorlarga yetakchi qil”, – deydilar.
Keyin bir odamni oʻldirib qiladigan ishingni qilib qoʻyding. Sen juda noshukr kimsalardansan.
Firʼavn: “Sizlarga yuborilgan bu payg‘ambaringiz, aniq, telbadir”, – dedi.
Firʼavn g‘azablanib: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Albatta, u Muso sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilasizlar. Ont ichamanki, qoʻl-oyoqlaringizni chappasiga kesib tashlayman, keyin barchangizni olomon oldida osib qoʻyaman”, – dedi.
U meni yaratdi va U meni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Uning Oʻzi meni yediradi va ichiradi.
U mening jonimni oladi, soʻngra qiyomat kuni qayta tiriltiradi.
Xatolarimni qiyomat kuni mag‘firat qilishidan umidvor boʻlganim ham Uning Oʻzidir.