Sizlarni oʻzingiz biladigan neʼmatlar bilan qoʻllagan Zotdan qoʻrqinglar.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sizlarni oʻzingiz biladigan neʼmatlar bilan qoʻllagan Zotdan qoʻrqinglar.
Ular yer yuzida buzg‘unchilik qiladilar va hech narsani isloh qilmaydilar.
Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qoʻrqinglar.
U sizni namoz uchun turayotgan vaqtingizda koʻrib turadigan Zotdir.
Ammo iymon keltirgan, solih amallarni qilgan hamda doim Allohni koʻp zikr qilgan va oldin mazlum boʻlib, keyin g‘olib boʻlgan kimsalar bundan mustasnodirlar. Zulm qilgan kimsalar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib oladilar.
Ammo iymon keltirgan, solih amallarni qilgan hamda doim Allohni koʻp zikr qilgan va oldin mazlum boʻlib, keyin g‘olib boʻlgan kimsalar bundan mustasnodirlar. Zulm qilgan kimsalar esa yaqinda qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib oladilar.
Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning qilayotgan amallarini oʻzlariga chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Bas, ular tug‘yonlarida tentirab yuraveradilar.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga yetuk bilim ato qildik va u ikkovlari: “Bizlarni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin!” – dedilar.
Sulaymon uning bu soʻzidan kulib, tabassum qildi va: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq qilgin va meni Oʻz fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!” – dedi.
Axir osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
Kitobdan ilmi bor boʻlgan bir zot esa: “Men uni koʻzingni ochib yumguningcha senga keltiraman”, – dedi. Keyin Sulaymon u taxtning oldida turganini koʻrgach: “Bu Robbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon qilish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta, u faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Robbim hamma narsadan behojat va ulug‘ Zotdir”, – dedi.
Sulaymon malikani sinash uchun: “Uning taxtini tanimaydigan qilib, oʻzgartirib qoʻyinglar, u taxtini bilib olishga yoʻl topadimi yoki yoʻl topa olmaydigan kimsalardan boʻladimi, tomosha qilamiz”, – dedi.
Iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalarga esa najot berdik.
Ey Muhammad: “Allohga hamd va payg‘ambarlik uchun tanlagan bandalariga salom boʻlsin! Alloh yaxshiroqmi yoki ular sherik qilayotgan narsalarimi?!” – deb ayting.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz va ota-bobolarimiz tuproqqa aylanib ketganimizda yana qabrlarimizdan qayta tirilib chiqariluvchimizmi?!” – deydilar.
Ularga: “Balki, sizlar oshiqayotgan azobning baʼzisi allaqachon sizlarga yaqin kelib qolgandir”, – deb ayting.
Albatta, bu Qurʼon bani Isroil avlodiga ular u haqida ixtilof qilayotgan narsalarning koʻpini qissa qilib beradi.
Siz tog‘larni koʻrib qimirlamasdan qotib turuvchi, deb oʻylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlarning suzib yurishidek suzib yuradilar. Bu barcha narsani puxta qilgan Zot boʻlmish Allohning sanʼatidir. Albatta, U sizlar qilayotgan barcha ishlardan xabardordir.