Ular oʻzlariga haq bilan kelgan Qurʼonni yolg‘onga chiqardilar. Yaqinda ularga oʻzlari istehzo qilib yurgan oyatlarning haqligi haqidagi xabarlar keladi.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular oʻzlariga haq bilan kelgan Qurʼonni yolg‘onga chiqardilar. Yaqinda ularga oʻzlari istehzo qilib yurgan oyatlarning haqligi haqidagi xabarlar keladi.
Ey Muhammad, sizdan oldingi payg‘ambarlar ham mazax qilingan edi. Soʻngra ular bilan masxara qilgan kimsalarni shu mazax qilgan haqiqatlari qamrab olib halok qildi.
Ey Rasulim, ularga: “Yer yuzini kezib chiqib, payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar solinglar”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlaru Yerni yoʻqdan bor qilib, bandalarini yedirgan Oʻzi esa yemoqdan xoli boʻlgan Allohdan boshqasini doʻst tutaymi?” – deb ayting. Ularga: “Menga, albatta, Allohga eng avval boʻyin eguvchi kimsalardan boʻlish buyurilgan va aslo mushriklardan boʻlmang deyilgan”, – deb ayting.

Biz u kunda ularning barchasini yig‘ib keyin shirk keltirgan kimsalarga qarata: “Iloh deb hisoblab yurgan sheriklaringiz qani?” – deymiz.
Keyin ular: “Robbimiz Allohga qasam boʻlsinki, mushriklardan boʻlmagan edik”, – deydigan, fitnadan boshqa choralari boʻlmaydi.
Keyin ular: “Robbimiz Allohga qasam boʻlsinki, mushriklardan boʻlmagan edik”, – deydigan, fitnadan boshqa choralari boʻlmaydi.
Ey Rasulim, oʻzlarini qanday aldaganliklarini va toʻqib olgan narsalarining oʻzlaridan yoʻq boʻlib ketishini koʻring.
Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Ey Rasulim, Vaqtiki, Robbilari huzurida toʻxtatib turilganda Alloh ularga: “Mana bu qayta tirilish haq emas ekanmi?!” – deganini koʻrsang edi. Ular: “Robbimizga qasamki, ha, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, kufr keltirganingiz sababli shu azobni totinglar”, – deydi.
Ey Rasulim, agarda ularning eʼtirozlari sizga og‘ir botayotgan boʻlsa, unda ularga moʻʼjiza koʻrsatish uchun kuchingiz yetsa, yerdan teshik ochib yoki osmonga narvon qoʻyishni istab chiqib keting. Agar Alloh xohlaganda edi, albatta, ularni hidoyat ustida jamlagan boʻlar edi. Shunday ekan, aslo johillardan boʻlmang.

Ey Rasulim, ularga: “Agarda gapingizda rostgoʻylardan boʻlsangiz, xabar beringlar-chi, bordi-yu sizlarga Allohning azobi kelib qolsa yoki qiyomat vaqti kelib qolsa, Allohdan oʻzgaga iltijo qilgan boʻlarmidinglar?!” – deb ayting.
Koshki, ularga musibatlarimiz kelganida tazarru qilsalar edi. Lekin ularning qalblari qattiq boʻldi va shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydi.
Biroq oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalarni esa, fosiqlik qilganlari uchun azob kelib tutadi.
Ey Rasulim, Robbilarining rizolik yuzini istab ertayu kech duoda boʻlayotgan kimsalarni yoningizdan haydamang. Ularning qilgan amallarining hisoboti xususida sizning zimmangizda hech narsa yoʻq. Shuningdek, sizning qilgan amalingiz hisoboti xususida ularning zimmalarida hech narsa yoʻqdir. Ularni haydab, zolim kimsalardan boʻlib qolmang.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.
Ey Muhammad, ularga: “Quruqlik va dengiz zulmatining ofatlaridan sizlarni kim qutqaradi? Oʻshanda sizlar ustingizda yo ichingizda Unga: “Ey Robbimiz, agar bizni bu falokatlardan qutqarsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – deb duo qilar edingiz”, – deb ayting.