Ey Muhammad, iymon keltirmaydigan kimsalarga: “Qoʻlingizdan kelgan ishingizni qilavering, albatta, biz ham eʼtiqodimizga koʻra oʻz ishimizni qiluvchilarmiz”, – deb ayting.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, iymon keltirmaydigan kimsalarga: “Qoʻlingizdan kelgan ishingizni qilavering, albatta, biz ham eʼtiqodimizga koʻra oʻz ishimizni qiluvchilarmiz”, – deb ayting.
Ey Muhammad, Biz sizga ushbu Qurʼon surasini vahiy qilishimiz bilan birga eng chiroyli qissani aytib beramiz. Holbuki, siz uning vahiy boʻlishidan oldin bexabar kishilardan biri edingiz.
Haqiqatan, Yusuf va uning akalari qissasida ibrat olib soʻrovchilar uchun alomatlar bor edi.
Keyin ular bir-birlariga: “Yusufni oʻldiringlar yoki uni biron yerga olib borib tashlanglar, shundagina otangizning yuzi sizga boqib balki mehr qoʻyar. Undan keyin esa tavba qilib solih kishilar qavmidan boʻlib olasizlar”, – dedilar.
Oralaridan ozgina insofli boʻlgan bir soʻzlovchi: “Yoʻq, Yusufni oʻldirmanglar, agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduq qaʼriga tashlanglar, shunda uni baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi”, – dedi.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Karvon Misrga yetib kelgach, uni bir necha tanga evaziga, arzimas bahoga sotib yubordilar. Chunki ularning orasida Yusuf haqida qiziqmaydiganlar bor edi.
Yusuf Qitfirga: “Yoʻq, U mening nafsimdan jinsiy yaqinlik qilishimni talab qildi”, – dedi. U Zulayhoning qarindoshlaridan biri guvohlik berib: “Agar uning koʻylagi old tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rost aytgan boʻladi, u Yusuf esa yolg‘onchilardan boʻladi”, – dedi.
“Agarda uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Zulayho yolg‘on aytgan boʻladi, u esa rostgoʻylardan boʻladi”, – dedi.
Zulayhoning eri: “Ey Yusuf, bu ishni qoʻygin va hech kimga aytma, sen esa ey Zulayho gunohing uchun istig‘for ayt. Chunki albatta, sen xato qilganlardan boʻlding”, – dedi.
Shunda Zulayho: “Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan edingiz. Haqiqatan, undan jinsiy yaqinlik uchun nafsini talab qilganimda, u nomusini saqladi. Qasam boʻlsinki, agar u men unga buyurayotgan ishni qilmasa, albatta, u zindonga tashlanadi va xoru zor kimsalardan boʻladi”, – dedi.
Buni eshitgan Yusuf: “Ey Robbim, ular taklif qilishayotgan narsadan koʻra menga zindon yaxshiroqdir. Agar ularning makrlarini mendan daf qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Shuningdek, ota-bobolarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub payg‘ambarlarning diniga ergashganman. Biz payg‘ambarlar uchun Allohga biror narsani sherik qilish aslo mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va barcha odamlarga bergan fazlidir, lekin odamlarning koʻpchiligi shukr qilmaydilar.
Oradan yillar oʻtib kunlarning birida Misr mamlakatining podshohi: “Men tushimda yettita ozg‘in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga yana boshqa yettita qurigan boshoqlarni koʻrdim. Qani, ey aʼyonlar, agar tush taʼbirini qiladigan boʻlsangiz, koʻrgan tushim toʻg‘risida fatvo beringlar-chi!” – dedi.
Shubhasiz, oxirat mukofoti, iymon keltirgan va Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun yaxshiroqdir.
Ular otalari buyurgan turli darvozalardan Misrga kirdilar. Biroq ularning bu tarzda kirishlari ularga Allohdan keladigan biror narsani qaytaruvchi boʻlmadi. Bu faqat Yaʼqubning koʻnglidagi farzandlariga nisbatan mehridan paydo boʻlgan bir ehtiyoj boʻlib, uni qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz vahiy orqali bergan taʼlimimiz sababli chuqur ilm egasi edi. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmas edilar.
Ular shaharga yetib kelib Yusufning huzuriga kirganlarida, u ukasi Binyaminni oʻziga tortib: “Men sening akang Yusufman, endi akalaring qilayotgan narsalaridan g‘amgin boʻlmagin”, – dedi.
Ular: “Allohga qasam boʻlsinki, bizlar bu yerga buzg‘unchilik qilish uchun kelmaganimizni aniq bilasizlar-ku. Bizlar oʻg‘ri emasmiz”, – dedilar.
Shu payt jarchilar: “Agar yolg‘onchi boʻlsangiz, oʻg‘rining jazosi nima boʻladi”, – dedilar.
Shundan keyin Yusufning xizmatkori yoʻqolgan narsani axtarishni ukasi Binyaminning idishidan oldin akalarining idishlaridan boshladi. Keyin u qadahni ukasining idishidan topib chiqarib oldi. Biz Yusufga mana shunday hiyla tadbirini qildik. Chunki Misr podshohining dinida ukasi Binyaminni oʻg‘rilik qilgani uchun qul qilib ola olmas edi. Faqat Allohning istagi bilan bu hiyla sababli olib qolar edi. Biz xohlagan kishilarning darajalarini koʻtaramiz. Har bir ilm egasining ustida undan ham bilimdonroq olim bordir.