Akalari buni koʻrib: “Agar bu Binyamin oʻg‘rilik qilgan boʻlsa, qilgandir,, chunki oldin uning akasi ham oʻg‘rilik qilgan edi”, – dedilar. Shunda Yusuf bu gapni ichiga yutib, ularga bildirmadi va: “Sizlar yomon maqomdasizlar. Alloh toʻqib chiqarayotgan gaplaringizni juda yaxshi biluvchidir”, – dedi.

