Mushriklari Allohdan boshqa, oʻzlariga madad boʻlishi uchun ilohlar qilib oldilar.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Mushriklari Allohdan boshqa, oʻzlariga madad boʻlishi uchun ilohlar qilib oldilar.
Yoʻq, aksincha, qiyomatda butlari ularning qilgan ibodatlarini inkor qiladilar va ularga qarshi boʻladilar.
Shubhasiz, Sen bizni koʻrib turuvchi Zotsan.
U holda, biz ham senga unga oʻxshash sehr keltiramiz. Bas, biz bilan oʻzing orangda bir vaʼdalashilgan joy tanlagin. Biz ham sen ham unga qarshi chiqmaydigan mos bir joy boʻlsin.
Maslahatlari bitgach, ular: “Ey Muso, qoʻlingdagi asongni sen oldin tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi boʻlaylikmi?” – dedilar.
U odam: “Ey Robbim, nima uchun meni koʻzim koʻr holda tiriltirding, axir men dunyoda koʻradigan edim-ku?!” – deydi.
Agar Robbingiz tomonidan mukofot va jazolar qiyomat kunida boʻlishi haqidagi soʻz va belgilangan muddat aytib oʻtilmaganda edi, ularga darrov azob berilishi lozim edi.
Ey Muhammad, Biz sizdan ilgari ham faqat erkaklarni oʻzimiz vahiy qilgan holda payg‘ambar qilib yuborganmiz. Bas, ey Makka ahli, agar bilmaydigan boʻlsangizlar, Tavrot va Injilni biladigan zikr ahlidan soʻranglar.
Biz u payg‘ambarlarni taom yemaydigan bir jasad qilmadik ular ham insonlardek yeb-ichadilar. Hamda ular abadiy hayot kechiruvchi ham emas edilar.
Oldin qanchalab zolim qishloq ahllarini halok qildik va ularning ketidan boshqa qavmlarni paydo qildik.
Ular bir-birlariga: “Eh, holimizga voy boʻlsin! Darhaqiqat, bizlar zolimlardan boʻlgan edik”, – dedilar.
Iymonu, koʻngilxushlik qilishni xohlaganimizda edi, Biz uni Oʻz tomonimizdan qilgan boʻlar edik.
Agar Yer va osmonning ikkisida Allohdan oʻzga ilohlar boʻlganida edi, ixtiloflar tufayli ikkalasi ham buzilib ketgan boʻlar edi. Subhanalloh, Arsh Robbisi boʻlgan Alloh ular sifatlayotgan sheriklardan pokdir.
Kufr keltirgan kimsalar osmonlar va Yer avvalda bitishgan holda boʻlganini, keyin Biz u ikkisining orasini yorib yuborganimizni koʻrmadilarmi?! Shuningdek, suvdan barcha tirik narsalarni paydo qildik, hali ham iymon keltirmaydilarmi?!
Ular: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qachon boʻladi?” – deydilar.
Ey Muhammad, aniqki, sizdan oldingi payg‘ambarlar ham masxara qilingan. Natijada, ularning ustidan kulgan kimsalarni esa oʻzlari masxara qilgan narsalari oʻrab azobga soldi.
Qasam boʻlsinki, agar ularga Robbingizning azobidan ozgina yetsa, albatta, ular: “Holimizga voy boʻlsin, chindan ham bizlar oʻzimizga zolim ekanmiz”, – deb aytadilar.
Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qoʻyamiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmaydi. Agar amallar xardal oʻsimligi donasining og‘irligicha boʻlsa ham, oʻshani keltiramiz! Hisob koʻruvchi sifatida Oʻzimiz kifoya qilamiz.
Darhaqiqat, Musodan oldin Ibrohimga toʻg‘ri yoʻlni berdik. Biz uni solih ekanini bilar edik.
Ibrohim: “Haqiqatan, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatda boʻlgansizlar”, – dedi.