Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning oldin qilgan gunohlarini, albatta, oʻchiramiz va ularni dunyoda qilib oʻtgan amallarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Iymon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning oldin qilgan gunohlarini, albatta, oʻchiramiz va ularni dunyoda qilib oʻtgan amallarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz.
Biz insonga ota-onasi uchun yaxshilik qilishni buyurdik. Biroq ular oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishingga undasalar, u holda ularga itoat qilma! Barchangizning qaytib boradigan joyingiz Mening huzurimgadir. Bas, oʻshanda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beraman.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Allohga iymon keltirdik”, – deydilar-da, agar Alloh yoʻlida ozorlansalar, odamlarning bu fitnalarini Allohning azobidek qabul qiladilar. Qasam boʻlsinki, agar Robbingiz tomonidan yordam kelsa, shubhasiz, ular: “Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik”, – deydilar. Axir, Alloh barcha olamlarning dillaridagi narsalarni juda yaxshi biluvchi emasmi?!
Albatta, ular oʻzlarining gunoh yuklarini ham, oʻz yuklari bilan birga boshqalarning yuklarini ham koʻtaradilar. Albatta, qiyomat kunida oʻzlari toʻqib olgan yolg‘onlari toʻg‘risida soʻraladilar.
Ibrohim payg‘ambar ham oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshidir”,– dedi.
Bas, Ibrohimga qavmining javobi faqat: “Uni oʻldiringlar yoki olovda kuydiringlar”, – deyish boʻldi. Soʻngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir!
Haqiqatan, ham sizlar xotinlaringizni qoʻyib yaqinlik uchun erkaklarga kelyapsizlar, yoʻltoʻsarlik qilyapsizlar, yig‘ilishlaringizda xunuk ishlarni amalga oshiryapsizlar. Shunda Lut qavmining unga javobi faqat: “Agar daʼvoingda rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizlarga Allohning azobini keltir”, – deyishdan iborat boʻldi.

Vaqtiki, elchi farishtalarimiz Ibrohimga bola koʻrishi haqidagi xushxabarni keltirishgach: “Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchilarmiz. Albatta, uning aholisi zolimlardan boʻldi”, – dedi.
Ibrohim ularga “Axir, u yerda Lut bor-ku?” – dedi. Farishtalar: “Biz u joyda kim borligini yaxshi biluvchiroqmiz. Albatta, uni va oilasini balodan qutqaramiz. Faqat uning iymonsiz xotini azobda qoluvchilardan boʻldi”, – dedilar.
Vaqtiki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon ahvolga tushdi va ularning kelishidan qoʻl-oyog‘i boʻshashib, yuragi siqildi. Farishtalar: “Qoʻrqma va tashvishlanma, albatta, biz seni va ahlingni balodan qutqaruvchilarmiz. Biroq iymonsiz xotining azobda qoluvchilardan boʻldi”, – dedilar.
Biz fosiq boʻlganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob yog‘diruvchilarmiz.
Od va Samud qabilalarini ham shunday halok qildik. Bu sizlarga hozirda ham ularning maskanlaridagi xarobalardan koʻrinib turibdi. Shayton ularga qilayotgan xunuk amallarini chiroyli koʻrsatib, ularni haq yoʻldan toʻsib qoʻydi. Holbuki, ular haqiqatni koʻrib turuvchi edilar.
Qorun, firʼavn va Homonni ham kufrlari sababli halok qildik. Muso ularga payg‘ambar ekanligi haqida turli hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida takabburlik qildilar va lekin ular azobdan qochib ketuvchi boʻlmadilar.
Biz ularning hammalarini gunohlari sababli azobimiz bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog‘dirganlar ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz yer tubiga yuttirganlar va ular orasida Biz suvga g‘arq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.

Allohdan boshqalarni doʻst tutgan kimsalarning misoli xuddi oʻsha uyidan panoh istab in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydi. Agar aql ishlatib koʻra bilsalar, inlarning eng zaifi esa, albatta, oʻrgimchak inidir.
Ey Muhammad, siz oldin biror bir kitobni tilovat qilmagan va qoʻlingiz bilan uni yozmagan edingiz. Agar unday boʻlganda buzg‘unchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlar edilar.
Qiyomat kunida azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham oʻrab oladi va Alloh ularga: “Endi, qilib oʻtgan yomon ishlaringizning jazosini totinglar!” – deydi.
Bu dunyo hayoti faqat behuda oʻyin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar edi, haqiqiy hayot bu – oxirat diyoridir.