Qiyomatda ularga Allohdan boshqa yordam beradigan hech qanday doʻstlar boʻlmaydi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl yoʻqdir.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Qiyomatda ularga Allohdan boshqa yordam beradigan hech qanday doʻstlar boʻlmaydi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl yoʻqdir.
Alloh insonga bevosita soʻzlashi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki farishtalarni elchi qilib yuborib gapiradi. Oʻz izni bilan xohlagan narsani vahiy qiladi. Albatta, U shaʼni ulug‘ – Aliy va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Muhammad, shunday qilib, xuddi avvalgi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek amrimiz bilan sizga Ruhni vahiy qildik. Siz bundan oldin kitobni ham iymon mohiyatini ham bilmas edingiz. Lekin Biz bu Qurʼonni bir nur qildik va u bilan bandalarimizdan Oʻzimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilamiz. Albatta, siz vahiy yordamida odamlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaysiz.
Nahotki, haddidan oshgan qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, eslatmani burib yuborsak?!
Ular ham oʻzlariga kelgan payg‘ambarni faqat istehzo qilgan edilar.
Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashib olib minasizlar. Keyin unga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: “Bizlarga bu ulovni boʻysundirib qoʻygan Zot ayb va nuqsonlardan pokdir. Vaholanki, bizlar bunga qodir emas edik”, – deysizlar.
Bas, ulardan intiqom oldik. Mana endi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilganlarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻring.
Agar iymonsizlarning toʻq yashayotganlarini koʻrib odamlar bir millat boʻlib qolish xavflari boʻlmaganida Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylarining tomini va unga chiqadigan zinalarini ham kumushdan qilib qoʻyar edik.
Bas, ey Muhammad, siz karlarga eshittira olarmidingiz, yoki koʻrlar va aniq zalolatdagi kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlay olarmidingiz?!
Bas, firʼavn qavmini yerga urdi va ular unga itoat qildilar. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar.
Sizlar oyatlarimizga iymon keltirgan va musulmonlardan boʻlgansiz.
Mana shu dunyoda qilib oʻtgan amallaringiz sababli u sizga meros qilib berilgan jannatdir.
Biz ularga zulm qilmadik, lekin oʻzlari nafslariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Ey Muhammad, Allohning bolasi bor deb aytayotgan mushriklarga: “Agar Rahmonning farzandi boʻlganida men unga ibodat qiluvchilarning birinchisi boʻlar edim”, – deb ayting.
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ushbu Qurʼon bilan oxirat azobidan ogohlantiruvchi boʻldik.
U ishlar Bizning huzurimizdan boʻlgan ishlardir. Albatta, Biz payg‘ambar yuboruvchidirmiz.
Agar haqiqatan ishonuvchi boʻlsangizlar, Robbingiz osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning ham Robbisidir.
Yana qanchadan-qancha u yerda bahramand boʻlgan neʼmatlarni qoldirib ketdilar.
Bas, osmon ham Yer ham ularga achinib yig‘lagani yoʻq. Shuningdek, ular tavba qilish uchun muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar.
Ularni firʼavnning zulmidan xalos qildik. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.