Ho, Mim.
Сура Duxon
Ниспослана в Makka.
25-й джуз,44-я сура,59 аятовНиспослана в Makka.
25-й джуз,44-я сура,59 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Ho, Mim.
Aniq kitob boʻlgan Qurʼonga qasam boʻlsin.
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ushbu Qurʼon bilan oxirat azobidan ogohlantiruvchi boʻldik.
Oʻsha kechada har bir hikmatli ishlar ajratiladi.
U ishlar Bizning huzurimizdan boʻlgan ishlardir. Albatta, Biz payg‘ambar yuboruvchidirmiz.
Bu Robbingiz tomonidan rahmatdir. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Agar haqiqatan ishonuvchi boʻlsangizlar, Robbingiz osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning ham Robbisidir.
Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U oʻldiradi va tiriltiradi. U sizning ham Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Robbidir.
Yoʻq, ular hali ham qayta tirilish xususida shak-shubha ichida oʻynab yuribdilar.
Bas, ey Muhammad, osmon barchaga koʻrinadigan ochiq-oydin tutunni olib keltiradigan kunga koʻz tutib turing.
U tutun barcha odamlarni oʻrab oladi. Bu alamli azobdir.
Ey Robbimiz, bizlardan bu azobni koʻtargin. Albatta, bizlar iymon keltiruvchilarmiz.
Ularda qayoqdan ham eslatma olish boʻlsin, holbuki, ularga aniq payg‘ambar kelgan edi.
Soʻngra undan yuz oʻgirdilar va: “Muhammadga Qurʼon birovlar tomonidan oʻrgatib qoʻyilgan majnundir”, – dedilar.
Biz bu azobni sizlardan biroz arituvchimiz, sizlar esa albatta, yana kufrga qaytuvchisizlar.
Dahshatli ushlash bilan tutadigan qiyomat kunida Biz ulardan intiqom oluvchimiz.
Allohga kibr qilmanglar. Men sizlarga payg‘ambar ekanligimga doir aniq hujjat keltiraman.
Men Robbim va Robbingizdan meni toshboʻron qilishlaringizdan panoh soʻradim.
Agar menga iymon keltirmasangizlar, u holda mendan uzoq turinglar.
Bas, Muso Robbisiga: “Ular jinoyatchi qavmlardir”, – deb duo qildi.
Bas, Musoga vahiy qilib: Bandalarim bilan tunda yoʻlga chiqqin. Albatta, sizlar firʼavn lashkarlari tomonidan taʼqib qilinuvchisizlar”, – dedik.
Ikkiga ayrilgan dengizni ochiq holda qoʻyaver. Ular g‘arq qilinuvchi qoʻshindir.
Ular orqalarida qanchadan-qancha bog‘larni, chashmalarni, qoldirib ketdilar.
Yana koʻplab ekinzorlarni va soʻlim joylarni qoldirib g‘arq boʻlib ketdilar.
Yana qanchadan-qancha u yerda bahramand boʻlgan neʼmatlarni qoldirib ketdilar.
Mana shunday qilib, Biz u neʼmatlarni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
Bas, osmon ham Yer ham ularga achinib yig‘lagani yoʻq. Shuningdek, ular tavba qilish uchun muhlat berilganlardan ham boʻlmadilar.
Darhaqiqat, Biz bani Isroil avlodiga firʼvnning xor qiluvchi azobidan najot berdik.
Ularni firʼavnning zulmidan xalos qildik. U, haqiqatan, mutakabbir va haddan oshuvchilardan edi.
Darhaqiqat, Biz bani Isroil avlodini bilgan holimizda oʻz zamonlaridagi barcha olamlardan tanlab olgan edik.
Yana ularga turli moʻʼjizalardan tafakkur qilishlari uchun unda aniq sinov bor narsalarni berdik.
Albatta, ana ular shunday deb, aytar edilar.
“Oʻlim faqat mana shu dunyodagi birinchi oʻlimimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.
Bas, agar qayta tirilish haqidagi soʻzingizda rostgoʻylardan boʻlsangizlar, ota-bobolarimizni qayta tiriltirib keltiringlar-chi?” – deydilar.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni behudaga oʻynab yaratmaganmiz.
Biz ularni faqat haq hikmat bilan yaratganmiz. Lekin ularning aksariyati bilmaydilar.
Haq bilan botilning ajrim kunidagi qiyomat, barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
U kunda doʻst doʻstga biror narsada asqotmaydi va ularga azobdan qutulish uchun yordam ham berilmaydi.
Biroq Alloh rahmat qilgan kishilargagina yordam beriladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati cheksiz boʻlgan – Rahim Zotdir.
Albatta, doʻzaxning oʻrtasida oʻsadigan Zaqqum daraxti bor.
U gunohkorning taomidir.
U xuddi eritilgan maʼdan kabi qorinlarda qaynaydi.
Goʻyo qaynoq suvning qaynashidek.
Doʻzax farishtalariga: “U gunohkorni tutib doʻzaxning oʻrtasiga sudrab olib boringlar”, – deyiladi.
Keyin boshidan qaynoq suv azobidan quyinglar.
Ana endi bu azobni totib koʻrgin. Darhaqiqat, sen “izzat va ikrom qilingan”san.
Darvoqe, bu azob sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir.
Albatta, taqvoli zotlar u kunda osoyishta joyda boʻladilar.
Bog‘lar va chashmalar orasida boʻladilar.
Ular bir-birlariga yuzlangan hollarida boʻlib, qalin va yupqa shoyidan liboslar kiyadilar.
Mana shunday qilib, ularni shahlokoʻzli hurlarga juftlab beramiz.
Ular u joyda xotirjam boʻlgan hollarida har turli mevani huzurlariga chaqiradilar.
Bu Robbingiz tomonidan boʻlgan fazldir. Mana shu katta yutuqdir.
Bas, ey Muhammad, darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz bu Qurʼonni sizning tilingiz bilan oson qilib berdik.
Bas, endi siz kofirlarning holi nima boʻlishini kuzatib turing. Shubhasiz, ular ham qilmishlariga koʻz tutuvchidirlar.
Biz ulardan oldin firʼavn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir sharofatli payg‘ambar kelgan edi.
Muso ularga: “Sizlar menga Allohning bandalari boʻlgan bani Isroil avlodlarini topshiringlar. Albatta, men sizlar uchun ishonchli payg‘ambarman”, – degan edi.
Ular kuch-quvvatda yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular gunohkor qavm edilar.
Ular jannatda dunyodagi birinchi oʻlimdan boshqa oʻlimni totmaydilar. Alloh ularni doʻzax azobidan saqlaydi.