Koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik ularni egallab olgan hollarida chiqib keladilar. Mana shu ularga vaʼda qilib yurilgan kundir.
От искомого вами масдар-узак ك و ن образовано 1390 аятов.
bo'lganlaridan, bo'lganlardan, bo'lsangiz, siz bo'lganingizda, bo'lganingiz, va bo'ldi, bo'lasiz, bo'lgan joylari, va bo'lmang, edilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik ularni egallab olgan hollarida chiqib keladilar. Mana shu ularga vaʼda qilib yurilgan kundir.
Shunda Alloh sizlarni gunohlaringizni mag‘firat qiladi va sizlarni belgilangan muddatgacha hayotda qoldiradi. Agar bilsangiz edi, Allohning muddati kelganda, aslo ortga surdirilmaydi.
Bas, ularga: “Robbingizdan mag‘firat soʻranglar, albatta, U oʻta kechirimli – G‘affor Zotdir”, – dedim.
Albatta, bizlarning ichimizdagi ahmoq iblis Alloh shaʼniga nohaq soʻzlarni aytar edi.
Insdan boʻlgan ayrim kishilar jindan boʻlgan kimsalardan panoh tilashardi, Bas, insonlar u jinlarning yomonligini yanada ziyoda qildilar.
Biz ilgari u osmondan baʼzi joylarga farishtalarning soʻzlarini eshitib olish uchun oʻtirib olar edik. Endi esa kim tinglamoqchi boʻlsa, oʻzini poylab turgan uchqunga duchor boʻladi.
Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va shuningdek, oramizda undan boshqalar ham bordir. Bizlar ilgari turli-tuman yoʻllarda edik.
Ammo toʻg‘ri yoʻldan ozganlar esa, bas, ular jahannamga oʻtin boʻluvchilardir.
Yana Allohning bandasi Muhammad Unga ibodat qilib turganida, ular Qurʼon eshitish uchun uning ustida ot yolidek toʻplanib, g‘uj-g‘uj yig‘ila boshladilar.
U kunda Yer va tog‘lar larzaga keladi va tog‘lar toʻkilib ketuvchi qumtepalarga aylanib qoladi!
U dahshat sababli osmon ham parchalanuvchidir. Allohning vaʼdasi amalga oshuvchidir.
Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yoʻq, uning tamasi behudadir. Chunki, u oyatlarimizga qarshilik qiluvchi edi.
Ular: “Bizlar namozxonlardan boʻlmagan edik”, – deydilar.
Miskinlarga taom beruvchi ham boʻlmadik.
Bizlar behuda soʻzlarga shoʻng‘iydiganlar bilan birga shoʻng‘ir edik.
Jazo kunini yolg‘onga chiqarar edik.
Axir, u bachadonga toʻkiladigan maniydan iborat bir haqir nutfa emasmidi?!
Soʻngra laxta qon boʻldi. Bas, Alloh uni yaratib, tikladi.
Aniqki, inson uzra qachondir esga olgulik narsa boʻlmagan vaqt kechgan.