Ular yana: “Yoki unga osmondan ehtiyoji uchun xazina tashlansa yoxud uning uchun bir bog‘ boʻlib, undan tanovul qilsa edi”, – deb aytadilar. Zolimlar moʻminlarga qarata: “Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz”, – dedilar.
От искомого вами масдар-узак ل ق ي образовано 146 аятов.
duch kelganlari, darrov oldi, yetishadilar, o'zingizni otmang, Unga yetisharsiz, yetishishlariga, duch keluvchi, otganlarini, siz bilan duch kelganlarida, unga duch kelmasdan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular yana: “Yoki unga osmondan ehtiyoji uchun xazina tashlansa yoxud uning uchun bir bog‘ boʻlib, undan tanovul qilsa edi”, – deb aytadilar. Zolimlar moʻminlarga qarata: “Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz”, – dedilar.
Qachonki, kishanlangan hollarida uning tor joyiga tashlanganlarida, oʻsha joyda oʻzlariga oʻlim tilab qoladilar.
Bizga duch kelishni umid qilmaydiganlar: “Bizga payg‘ambar oʻrniga farishtalar tushirilsa edi yoki biz Robbimizni koʻzlarimiz bilan koʻrsak edik”, – deydilar. Darhaqiqat, ular haddan oshdilar va juda katta ketdilar.
Ular Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmaydilar. Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirmaydilar. Hamda zino qilmaydilar. Kimki mana shu gunohlardan birontasini qilsa, uqubatga duchor boʻladi.
Ana oʻshalar ozorlarga sabr qilganlari uchun jannatdagi baland qasrlar bilan mukofotlanadilar va u yerda farishtalar tomonidan salom va tabrik bilan kutib olinadilar.
Shunda Muso qoʻlidagi asosini yerga tashlagan edi, birdan u haqiqiy ajdarhoga aylandi.
Muso ularga: “Qani, tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar”, – dedi.
Muso ularga: “Qani, tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar”, – dedi.
Bas, ular arqon va hassalarini yerga tashladilar. Hamda: “Firʼavnning izzatiga qasam boʻlsinki, albatta, biz g‘olib boʻluvchilarmiz”, – dedilar.
Keyin Muso asosini yerga tashlagan edi, birdan u aso ajdarhoga aylanib ularning uydirma qilayotgan narsalarini yuta boshladi.
Bas, birdan sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar.
Ular esa shaytonlarga quloq osadilar. Lekin ularning koʻplari yolg‘onchilardir.
Ey Muhammad, albatta, sizga bu Qurʼon oʻta hikmatli va oʻta biluvchi Zot tomonidan beriladi.
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
Mana bu maktubimni olib borgin keyin ularga saroydan tashla, soʻngra ulardan chetga chiqqinda kuzatib tur, qani, nima javob qaytarar ekanlar.
Hudhud maktubni olib kelib malika Bilqis oldiga tashladi, shunda malika: “Ey aʼyonlarim, haqiqatan, bugun menga ulug‘ bir maktub tashlandi”, – dedi.
Biz Musoning onasiga uni tug‘gach firʼavn odamlari kelib oʻldirishlaridan qoʻrqib turgan paytida vahiy qilib: “Uni emizib turaver, agar Musoni oʻldirib yuborishlaridan qoʻrqsang, uni daryoga tashla. Hamda bu ishingdan qoʻrqmagin va qayg‘urmagin. Albatta, Biz uni senga qaytaruvchimiz va uni payg‘ambarlardan qiluvchimiz”, – dedik.
Vaqtiki, Muso Madyan shahri tomonga ravona boʻlgach: “Shoyad, Robbim meni toʻg‘ri yoʻlga boshlasa”, – dedi.
Asongni yerga tashla! Bas, qachonki, Muso uni ilondek qimirlayotganini koʻrgach, orqasiga qaramay qochdi. Unga: “Ey Muso, orqangga qayt va qoʻrqma, albatta, sen xavfdan omonda boʻlgan kishilardansan!” – deyildi.
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!