Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirganidek, yomonlikni ham tezlatsa edi, ularning ajallari bitgan boʻlar edi. Bas, Bizga roʻbaroʻ boʻlishdan umid qilmaydigan gunohkorlarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga tashlab qoʻyamiz.
От искомого вами масдар-узак ل ق ي образовано 146 аятов.
duch kelganlari, darrov oldi, yetishadilar, o'zingizni otmang, Unga yetisharsiz, yetishishlariga, duch keluvchi, otganlarini, siz bilan duch kelganlarida, unga duch kelmasdan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirganidek, yomonlikni ham tezlatsa edi, ularning ajallari bitgan boʻlar edi. Bas, Bizga roʻbaroʻ boʻlishdan umid qilmaydigan gunohkorlarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga tashlab qoʻyamiz.
Qachonki ularga aniq boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga duch kelishdan umid qilmaydiganlar: “Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uning oyatlarini almashtirib qoʻyaver!” – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Men uchun uni oʻz tomonimdan oʻzgartirib qoʻyish aslo mumkin boʻlmaydi. Men faqat menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Shubhasiz, men agar Robbimga itoatsizlik qilsam, buyuk kun boʻlmish qiyomat azobidan qoʻrqaman”, – deb ayting.
Qachonki ularga aniq boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga duch kelishdan umid qilmaydiganlar: “Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uning oyatlarini almashtirib qoʻyaver!” – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Men uchun uni oʻz tomonimdan oʻzgartirib qoʻyish aslo mumkin boʻlmaydi. Men faqat menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Shubhasiz, men agar Robbimga itoatsizlik qilsam, buyuk kun boʻlmish qiyomat azobidan qoʻrqaman”, – deb ayting.
Alloh ularni jamlaydigan qiyomat kunida oʻzlarini bu dunyoda goʻyo nahor vaqtidan faqatgina bir soat turgandek his qilishadi va bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan yuzma-yuz boʻlishni yolg‘onga chiqarganlar qattiq ziyon koʻrdilar va hidoyat topganlardan boʻlmadilar.
Bas, sehrgarlar toʻplanib kelgach, Muso ularga: “Tashlamoqchi boʻlgan aso va arqonlaringizni tashlanglar”, – dedi.
Bas, sehrgarlar toʻplanib kelgach, Muso ularga: “Tashlamoqchi boʻlgan aso va arqonlaringizni tashlanglar”, – dedi.
Ular qoʻllaridagi narsalarni tashlaganlarida, arqon va asolari ilon shakliga aylanib qoldi. Muso ularga: “Sizlar keltirgan narsa – bu sehrdir. Alloh, albatta, uni yoʻqqa chiqarib botil qiladi. Shubhasiz, Alloh buzg‘unchilarning amalini isloh qilmaydi.
Ey qavmim, sizlardan bu payg‘ambarlik daʼvati uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Men sizning talabingiz bilan Allohga iymon keltirganlarni yonimdan quvib haydovchi emasman. Shubhasiz, ular Robbilari bilan yuzma-yuz boʻluvchilardir. Lekin sizlarni johillik qilayotgan qavm ekaningizni koʻrib turibman.
Oralaridan ozgina insofli boʻlgan bir soʻzlovchi: “Yoʻq, Yusufni oʻldirmanglar, agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduq qaʼriga tashlanglar, shunda uni baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi”, – dedi.
Endi mana bu koʻylagimni olib Kanʼon yurtiga boring va qayg‘udan koʻr boʻlgan otamning yuziga tashlang, Allohning izni bilan yana koʻra boshlaydi. Barcha ahli oilangiz bilan yana huzurimga keling.
Vaqtiki xushxabarchi kelib, u koʻylakni Yaʼqubning yuziga tashlagan edi u koʻradigan boʻlib qoldi. Keyin Yaʼqub: “Sizlarga men, Allohdan Uning mehribonligi haqida siz bilmaydigan narsalarni bilaman deb aytmaganmidim!” – dedi.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Yerni esa, mavjudotlarning koʻpayishi va rivojlanishiga mos tarzda uni keng qilib yoyib qoʻydik, ustiga esa tebranmas tog‘larni joylashtirdik. Hamda unda har yerning oʻziga xos turli-tuman narsalardan, oʻsimlik va mevalardan undirib chiqardik.
Yana U, sizlarni silkitib yubormasligi uchun Yerda ulkan tog‘larni barpo qildi. Ekin-tikin va ichishingiz uchun daryolarni oqizib qoʻydi va koʻzlagan manzillaringizga borishda adashmasligingiz uchun yoʻllarni ham paydo qildi.
Bu dunyoda qilgan gunohlari tufayli oʻzlariga zulm qilgan hollarida farishtalar kelib jonlarini oladilar. Shunda ular taslim boʻlib: “Bizlar biror yomonlik qilgan emasmiz”, – deydilar. Yoʻq, shubhasiz, Alloh nima amal qilib yurganingizni juda yaxshi biluvchidir.
Qiyomat kuni mushrik boʻlgan kimsalar Allohga sherik qilgan butlarini koʻrgan paytlarida: “Ey Robbimiz, anavilar bizlar Sendan oʻzga sig‘ingan sheriklarimiz”, – deydilar. Butlar esa bunga javoban: “Sizlar haqiqatan, yolg‘onchisizlar”, – deb gap tashlaydilar.
Mushriklar u kunda oʻzlarini Allohga taslim qiladilar va toʻqib olgan ilohlari esa ulardan g‘oyib boʻladi.
Biz har bir insonning qilgan amalini ajralmas qilib boʻyniga bog‘lab qoʻyganmiz. Unga qiyomat kunida uni ochilgan holda uchratadigan nomai aʼmol kitobini chiqarib beramiz.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ikki dengizning tutashgan joyidan oʻtganlarida, Muso yigitiga: “Bizga tushligimizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik”, – dedi.