Shunday ekan, Meni koʻp zikr qilinglar, shunda sizlarni rahmatim va mag‘firatim bilan yodga olaman. Hamda Menga shukr qilinglar va aslo kufr keltirmanglar.
От искомого вами масдар-узак لِيَ образовано 66 аятов.
menga, mening, mening (haddimga), men uchun, meni, menikdir, mening bo'lganida, menga ham, men uchun bo'lganida, mening haqqimdir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shunday ekan, Meni koʻp zikr qilinglar, shunda sizlarni rahmatim va mag‘firatim bilan yodga olaman. Hamda Menga shukr qilinglar va aslo kufr keltirmanglar.
Ey Rasulim, bandalarim sizdan Men haqimda soʻrasalar shuni bilsinlarki, albatta, Men ularga juda yaqinman. Menga duo qilgan payt, duo qiluvchining duosini ijobat qilaman. Bas, mening ham chaqiriqlarimga javob berib, amrlarimga itoat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. Shoyad, shunda toʻg‘ri yoʻlni topib ketsalar.
Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
Zakariyo hayron qolib: “Robbim, menga oʻg‘il bola qayoqdan boʻlsin?! Menga keksalik yetib qarigan boʻlsam, xotinim ham tug‘mas boʻlsa?!” – dedi. Shunda unga: “Ha shunday, Alloh oʻzi xohlagan ishini qiladi”, – dedi.
Zakariyo: “Ey Robbim, xotinimning homiladorligiga doir menga biror bir belgi koʻrsat”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging, sog‘ boʻlaturib odamlar bilan uch kun gaplasha olmaysan. Ular bilan, faqat imo ishora orqaligina soʻzlashasan. Shuningdek, Robbingni koʻp zikr qil va tunu kun unga tasbeh ayt”, – dedi.
Shunda Maryam: “Ey Robbim, menga hali odamzodning qoʻli tegmay turib qaydan mendan bola boʻlsin”, – dedi. Alloh unga: “Ha shunday, Alloh Oʻzi istagan narsasini xohlagan tarzda yaratadi. Agar biror bir ishni boʻlishi uchun qaror bersa, unga “boʻl”, – desa tamom u boʻladi”, – dedi.
Odamzotdan hech kim Alloh unga Kitob, hikmat va payg‘ambarlik berganidan keyin insonlarga yuzlanib: “Allohni qoʻyib, menga qul boʻlinglar”, – deyishi aslo mumkin emas. Lekin “Allohning kitobidan taʼlim bergan va taʼlim olganingiz asosida Allohga sig‘inuvchi Robboniy qullar boʻling!”, – deyishi mumkin.
Alloh oʻshanda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, odamlarga Allohni qoʻyib, meni va onamni ikki xudo qilib olinglar deb sen aytdingmi?” – dedi. Iso esa: “Subhanalloh, men haqim boʻlmagan narsani ayta olmayman-ku. Bordi-yu uni aytgan boʻlsam ham, albatta, Sen uni bilar eding. Chunki Sen mening ichimdagilarni bilasan, men esa Zotingdagini bilmayman. Sen Oʻzing g‘ayblarni yaxshi biluvchisan”, – deb javob berdi.

Shundan keyin Muso: “Ey Robbim, meni va akamni mag‘firat qilgin va rahmatingga doxil qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng marhamatlisi boʻlgan Zotsan”, – dedi.
Ularning orasida: “Menga jangdan qolish uchun izn bergin, urushga yuborib meni fitnaga duchor qilmagin”, – deydigan kimsalar ham bordir. Ogoh boʻlinglar, shundoq ham ular jangdan qolib fitnaga tushib qolgandirlar. Shubhasiz, jahannam kofirlarni oʻrab oluvchidir.
Qachonki ularga aniq boʻlgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga duch kelishdan umid qilmaydiganlar: “Bundan boshqa Qurʼon keltir yoki uning oyatlarini almashtirib qoʻyaver!” – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Men uchun uni oʻz tomonimdan oʻzgartirib qoʻyish aslo mumkin boʻlmaydi. Men faqat menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Shubhasiz, men agar Robbimga itoatsizlik qilsam, buyuk kun boʻlmish qiyomat azobidan qoʻrqaman”, – deb ayting.
Ey Rasulim, agar ular sizni yolg‘onchiga chiqarsalar, ularga: “Mening ishim – oʻzimga. Sizlarning ishlaringiz – oʻzingizga! Sizlar mening qilayotgan ishimga aloqador emassiz, men ham sizlarning ishlaringizga aloqador emasman”, – deb ayting.
Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.

Shunda Lut: “Koshki, sizlarga qarshi kuchim yetsa yoki bir mustahkam suyanchiqqa suyana olsam!” – dedi.
Ey Rasulim, “Yusuf oʻz otasi Yaʼqub payg‘ambarga: “Ey otajon, men tushimda oʻn bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilayotgan hollarida koʻrdim”, – deb aytganini eslang.
Oxiri undan noumid boʻlishgach, bir chetga chiqib, oʻzaro shivirlashib maslahatlashdilar. Ularning kattalari: “Otangiz ustingizda Allohdan vasiqa olib qolganini va bundan oldin Yusuf haqida ham nuqson qilganingizni bilmay qoldingizmi?! Bas, to otam menga ruxsat bermaguncha yoki Alloh men uchun biror hukm qilmaguncha mana shu yerdan aslo qimirlamayman. U Zot hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir”, – dedi.

Qachonki, jannat ahli jannatga, doʻzax ahli doʻzaxga hukm qilinib ish bitgach, shayton ularga: “Shubhasiz, Alloh sizlarga haq vaʼda qilgan edi. Men esa vasvasa qilib sizga vaʼda berdim-u, lekin vaʼdamga xilof qildim. Menda ustingizdan hech qanday hukmronlik yoʻq edi. Lekin sizlarni botil yoʻlga chaqirsam, oʻzingiz menga javob qildingiz. Endi meni emas, oʻzingizni malomat qiling. Bugun men sizning qutqaruvchingiz emasman, siz ham meni azobdan qutqaruvchi emassiz. Shundoq ham men sizlar ilgari meni Allohga sherik qilganingizni inkor qilganman. Albatta, u zolimlar uchun alamli azob bor”, – dedi.