وَاتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِنْ بَعْدِهِ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًا جَسَدًا لَهُ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْا أَنَّهُ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ اتَّخَذُوهُ وَكَانُوا ظَالِمِينَ
Tur tog‘iga ketgandan keyin Musoning qavmi oʻzlariga tilla taqinchoqlaridan moʻraydigan bir buzoq haykalini yasab oldilar. Axir uning ularga gapirmasligini yoki biror bir toʻg‘ri yoʻlga boshlamasligini bilmasmidilar? Uni oʻzlariga iloh qilib tutib oldilar va zolimlardan boʻlib qoldilar.

