Sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobini oʻqib turib, odamlarni yaxshilikka chorlaysizlar-u, oʻzingizni esdan chiqarasizlarmi?! Nahotki aqlni ishlatmaysizlar?!
От искомого вами масдар-узак ن س ي образовано 45 аятов.
unutyapsiz-da, uni unuttirsak, unutmang, unutsak, va unutdilar, ammo unutdilar, va unutasiz, unutganda, senga (buni) unutdirsa, biz ham ularni unutamiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injil kitobini oʻqib turib, odamlarni yaxshilikka chorlaysizlar-u, oʻzingizni esdan chiqarasizlarmi?! Nahotki aqlni ishlatmaysizlar?!
Ey Rasulim, bordi-yu biror oyatni hukmini bekor qilsak yoki uni orqaga surib unuttirsak, albatta, uning oʻrniga undan yaxshirog‘ini yoki hukmda unga teng boʻlgan boshqa oyatni keltiramiz. Alloh har narsaga qudrati yetadigan Zot ekanini bilmadingizmi?!
Bordi-yu ularning mahrini belgilab qoʻygan boʻlsangiz, lekin hali qoʻl tekkizmay turib taloq qilsangiz, u holda belgilangan mahrning yarmini berishingiz kerak boʻladi. Agarda ayol tomon uni kechib yuborsa yoki nikoh aqdi qoʻlida boʻlgan er qolgan yarmidan kechib yuborib, hammasini toʻlab bersa ham, boʻlaveradi. Lekin er tomoni kechib yuborib, hammasini toʻlab berishingiz taqvo jihatiga eng yaqinidir. Orangizdagi insoniy fazilatni unutmanglar. Shubhasiz, Alloh qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Alloh hech qaysi bir jonga kuchi yetmaydigan narsani taklif qilmaydi. Har kimning qilgan yaxshi amali ham, yomon amali ham uning oʻzigadir. Ey Robbimiz, bordi-yu unutgan yoki xato qilgan boʻlsak, bizni bu sababdan javobgar tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingi ummatlarga yuklaganing kabi bizga ham og‘ir yuk yuklamagin. Ey Robbimiz, kuchimiz yetmaydigan masʼuliyatlarni bizlarga yuklab tashlamagin. Bizlarni afv etgin, gunohlarimizni kechirgin va bizlarga rahm qilgin. Sen bizning yolg‘iz Egamizdirsan va kofir qavmlar ustidan bizlarga nusrat bergin.
Shundan keyin bergan ahdlarini buzganliklari tufayli ularni laʼnatladik va qalblarini qattiq qilib qoʻydik. Ular Tavrotdagi soʻzlarning joyini oʻzgartirardilar hamda oʻzlariga eslatilgan hukmlarning bir hissasini unutdilar. Ichlaridan ozgina toifadan boshqalarini doimo xiyonat qilayotgan holda ustidan chiqaverasiz. Shunday boʻlsa ham, ularni afv etib, kechirib turavering. Chunki, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchi muhsinlarni sevadi.
Shuningdek, yana “Bizlar nasroniylarmiz”, – deb aytgan kimsalardan ham ahdu paymonlarini olganmiz. Ular ham oʻzlariga eslatilgan hukmlarning bir hissasini unutdilar. Shu sababdan to qiyomat kunigacha ular orasiga adovat va nafratni solib qoʻydik. Yaqinda Alloh ularga qilmishlari haqida xabar beradi.
Yoʻq, Uning oʻzigagina iltijo qilgan boʻlardinglar. Alloh xohlasa, balodan qoʻrqib iltijo qilayotganingizni daf qiladi. Sizlar esa shirk keltirib yurganlaringizni unutib yuborasizlar.
Ular eslatma qilib berilgan oʻgitlarni unutganlarida ularga hamma narsaning eshiklarini ochib kengchilik qilib qoʻydik. Toki ularga berilgan neʼmatlar bilan xursand boʻlib turganlarida birdaniga ularni azobimiz bilan tutdik. Oʻsha payt ular umiddan mahrum boʻlib qoldilar.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.
Ular dinlarini bekorchi narsa va oʻyin-kulgu qilib olgan hamda ularni oʻtkinchi dunyo hayoti aldab qoʻygan kimsalardir. Demak, bugun ular bu kunga roʻbaroʻ kelishni unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlari uchun biz ham ularni unutamiz.
Ular dinlarini bekorchi narsa va oʻyin-kulgu qilib olgan hamda ularni oʻtkinchi dunyo hayoti aldab qoʻygan kimsalardir. Demak, bugun ular bu kunga roʻbaroʻ kelishni unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlari uchun biz ham ularni unutamiz.
Ular Qurʼon taʼvilining haqiqatini kutib oʻtiribdilar. Taʼvili kelib maʼlum boʻlgan qiyomat kunida ilgari uni esga olmagan kimsalar: “Robbimizning elchilari haqiqatni keltirgan ekanlar. Qani endi, bizning shafoatchilarimiz boʻlib, bizlarni himoya qilsalar yoki koshki, yana dunyoga qaytarilganimizda qilgan ishlarimizdan boshqa ishlarni qilgan boʻlardik”, – deydilar. Ular chindan ham oʻzlariga ziyon qildilar va toʻqib olgan butlari ulardan g‘oyib boʻldi.
Shunday qilib, ular eslatilgan ogohlantirishlarni unutishgach, yomon ishlardan qaytaruvchi solih kimsalarga najot berdik. Zulm qilgan kimsalarni esa qilgan fosiqliklari uchun yomon azob bilan tutib jazoladik.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Yusuf ulardan birining qamoqdan qutulib ketuvchi deb hisoblagan kishiga: “Xojang huzurida meni eslagin”, – dedi. Lekin shayton xojasiga Yusufni eslatishni yodidan chiqartirdi. Natijada, Yusuf yana bir necha yil zindonda qolib ketdi.
Faqat “Inshoalloh, Alloh xohlasa”, – deb ayting. Agar bu soʻzni unutgan paytingizda, yodingizga kelgan zahoti Robbingizni zikr qiling. Hamda: “Shoyad, Robbim meni bundan ham yaqinroq toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilsa”, – deb ayting.
Robbisining oyatlari bilan eslatilib nasihat qilingach, ulardan yuz oʻgirgan va oʻzi qilib oʻtgan gunohlarini unutib qoʻygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Darhaqiqat, Biz bu Qurʼonni anglamasliklari uchun ularning qalblariga pardalar va quloqlariga og‘irlik qilib qoʻydik. Demak, agar ularni hidoyatga chaqirsangiz ham hech qachon toʻg‘ri yoʻlda yurmaydilar.
Ular yoʻlga tushib, qachonki, ikki dengiz qoʻshiladigan yerga yetib borishgach baliqlarini u yerda unutib qoldirdilar. Shundan keyin baliq dengizda yoʻlini topib suzib ketdi.
Shunda yigit: “Buni qarang, biz dengiz sohilidagi qoyaga joylashib dam olgan paytimizda, men baliqni unutib qoldiribman. Uni sizga eslatishimni faqat shayton yodimdan chiqardi. Baliq esa dengizga ajoyib tarzda yoʻlini topib suzib ketibdi.