Biz har bir insonning qilgan amalini ajralmas qilib boʻyniga bog‘lab qoʻyganmiz. Unga qiyomat kunida uni ochilgan holda uchratadigan nomai aʼmol kitobini chiqarib beramiz.
От искомого вами масдар-узак ن ش ر образовано 21 аятов.
ochilgan holda, yoysin (kengaytirsin), tiriltiradi, (o'liklarni tirilib) turdirishga, qayta tirilib turishni, turib ishlash vaqti, yoyilmoqdasiz, tarqaling, tiriltirish, va yoyuvchi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz har bir insonning qilgan amalini ajralmas qilib boʻyniga bog‘lab qoʻyganmiz. Unga qiyomat kunida uni ochilgan holda uchratadigan nomai aʼmol kitobini chiqarib beramiz.
Ularga: “Modomiki mushriklardan va Allohdan boshqaga sig‘inayotgan narsalaridan uzoqlashmoqchi ekansizlar, unda g‘orga qochib, panoh izlanglar. Shunda Robbingiz sizlarga Oʻz rahmatini yoyadi va sizga ishingizda osonlik yaratadi”, – deb aytildi.
Yoki mushriklar yerdan oʻzlariga oʻliklarni tiriltira oladigan soxta ilohlarni yasab oldilarmi?!
Mushriklar esa Uni qoʻyib, biror narsa yarata olmaydigan, aksincha, oʻzlari yaraluvchi boʻlgan, oʻzlariga zarar ham foyda ham berishga ega boʻlmaydigan, oʻlimga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik boʻlmaydigan soxta ilohlarni qilib unga sig‘indilar.
Aniqki, ular safar chog‘larida yomon toshli yomg‘ir yog‘dirilgan shahardan oʻtgandirlar. Axir, uni koʻrib ibrat olmaganmilar?! Yoʻq, ular qayta tirilishga umid qilmaydigan kimsalardir.
Alloh sizlar uchun tunni libos, uyquni orom qilib qoʻydi, kunduzni esa har tarafga yoyilib hayot kechirish vaqti qildi.
Uning alomatlaridan biri – Alloh sizlarning otangiz Odamni avval tuproqdan yaratgani, soʻngra sizlar basharga aylanib, yer yuziga tarqalishingizdir.
Ey iymon keltirganlar, Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina ruxsat bilan kiringlar. Oʻshanda ham uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan holda kiringlar. Lekin chaqirilganingizda kiring va taomdan soʻng gapga berilib ketmay, darhol tarqalinglar. Chunki bu Payg‘ambarga ozor beradi, u esa sizlardan tortinadi. Alloh esa haq gapdan tortinmaydi. Agarda sizlar Payg‘ambarning ayollaridan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz va ularning qalblari uchun ham eng toza ishdir. Sizlar uchun Allohning Payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz umuman mumkin emasdir. Chunki bu ish Alloh nazdida ulkan gunohdir.
Alloh shamollarni yuborib, bulutni qoʻzg‘atadi. Biz uni “oʻlik” shaharga haydab, u bilan suvsizlikdan oʻlgan yerni tiriltirdik. Qiyomatda qayta tirilish ham shunga oʻxshashdir.
U qurg‘oqchilik tufayli odamlar umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg‘ir yog‘diradigan va Oʻz rahmatini keng qilib yoyadigan Zotdir. U bandalariga doʻst – Valiy va maqtovga sazovor Hamid Zotdir.
U Zot osmondan aniq oʻlchov bilan suv yog‘dirdi. Bas, Biz bu suv bilan suvsizlikdan oʻlgan shaharlarni tiriltirdik. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan mana shu tarzda chiqarilasizlar.
“Oʻlim faqat mana shu dunyodagi birinchi oʻlimimizdir va bizlar qayta tiriluvchi emasmiz.
U kitob ochiq sahifadadir.
Ular koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan hollarida, goʻyo toʻzigan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib keladilar.
Bas, qachonki, namoz tugaganidan keyin, yer yuzida tarqalib, Allohning fazlidan istayveringlar! Allohni koʻp yod qilinglar, shoyad shunda najot topsangiz.
U sizlarga yerni boʻysundirib qoʻygan Zotdir. Bas, u Yerning har tomonida kezib yuraveringlar va Allohning bergan rizqidan yenglar. Qiyomatda tirilib chiqish Uning huzurigadir.
Yoʻq, ulardan har bir kimsa oʻziga ochiq sahifalar berilishini istaydi.
Bulutlarni yoyib yuboradiganlarga qasam boʻlsin.
Bulutlarni yoyib yuboradiganlarga qasam boʻlsin.
Soʻngra Oʻzi xohlaganda, uni yana qayta tiriltiradi.