Ularni doʻzaxga chorlaydigan yoʻlboshchilar qilib qoʻydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmaydi.
От искомого вами масдар-узак ن ص ر образовано 158 аятов.
hech bir yordam, va nasroniylar, yordam berilmaydi, bir yordamchi, nasroniy, Nasroniylar, Nasroniylar ham, nasroniylar, yordam ham berilmaydi, yordami
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularni doʻzaxga chorlaydigan yoʻlboshchilar qilib qoʻydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmaydi.
Bas, Biz uni ham, joylarini ham yerga yuttirdik. Keyin uning uchun Allohdan oʻzga yordam beradigan biror jamoa ham boʻlmadi va oʻzi ham nusratga erishuvchilardan boʻlmadi.
Bas, Biz uni ham, joylarini ham yerga yuttirdik. Keyin uning uchun Allohdan oʻzga yordam beradigan biror jamoa ham boʻlmadi va oʻzi ham nusratga erishuvchilardan boʻlmadi.
Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular: “Allohga iymon keltirdik”, – deydilar-da, agar Alloh yoʻlida ozorlansalar, odamlarning bu fitnalarini Allohning azobidek qabul qiladilar. Qasam boʻlsinki, agar Robbingiz tomonidan yordam kelsa, shubhasiz, ular: “Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik”, – deydilar. Axir, Alloh barcha olamlarning dillaridagi narsalarni juda yaxshi biluvchi emasmi?!
Sizlar Yerda ham osmonda ham hech kimni ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan boshqa biror doʻst ham yordamchi ham yoʻqdir.
Ibrohim ularga: “Sizlar faqat oʻtkinchi dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohdan boshqa butlarni iloh qilib oldingiz. Soʻngra qiyomat kunida baʼzi yoʻlboshchilaringiz baʼzi ergashuvchilaringizdan tonadi, ayrimlaringiz ayrimlarini laʼnatlaydi. Borar joyingiz doʻzax boʻlib, u joyda sizlarga yordam beruvchilar boʻlmaydi.
Shunda Lut nido qilib: “Ey Robbim, bu buzg‘unchi qavmlarga qarshi Oʻzing menga nusrat ber”, – dedi.
Allohning yordami bilan bu g‘alabaga erishiladi. Alloh xohlagan kishiga nusrat beradi. Albatta, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Allohning yordami bilan bu g‘alabaga erishiladi. Alloh xohlagan kishiga nusrat beradi. Albatta, U izzati ulug‘ – Aziz va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Aksincha, zulm qilgan kimsalar hech qanday ilmsiz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yoʻldan ozdirgan kimsani kim ham hidoyat qila oladi?! Ular uchun oxiratda yordam beruvchilar ham boʻlmaydi.
Ey Muhammad, Biz sizdan oldin ham payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yuborganmiz. Bas, elchilarimiz ularga aniq hujjatlarni keltirganlar. Jinoyat qilganlardan esa intiqom olganmiz. Moʻminlarga g‘alaba berish Bizning zimmamizdagi haq boʻlgan.
Ey Rasulim yana, ularga: “Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa yoki yaxshilikni xohlasa sizlarni kim undan toʻsa oladi”, – deb ayting. Ular oʻzlariga Allohdan boshqa doʻst ham, yordamchi ham topa olmaydilar.
Kofirlar na bir doʻst va na bir yordamchi topmagan hollarida u yerda mangu qoladilar.
Ular u joyda: “Ey Robbimiz, bizlarni doʻzaxdan chiqargin, qilib oʻtgan amallarimizdan boshqacha yaxshi ishlarni qilamiz”, – deb faryod qiladilar. Axir, dunyo hayotida Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermadikmi?! Sizlarga ogohlantiruvchi payg‘ambarlar ham kelgan edi-ku! Bas, endi amallaringizga yarasha azoblaringizni totaveringlar! Zolim kimsalar uchun yordamchi boʻlmaydi.
Lekin odamlar Allohni qoʻyib, yordam olish umidida soxta ilohlarni xudo qilib oldilar.
Soxta ilohlari ularga yordam berishga kuchlari yetmaydi. Holbuki, ular bu butlar uchun xizmatga shay turgan lashkar kabi edilar.
Ularga: “Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!” – deyiladi.
Biz ularga madad berdik, bas, ular firʼavn ustidan g‘olib boʻldilar.
Soʻzimiz, albatta, ularning nusrat topuvchilar boʻlishidir.
Sizlarga azob kelib, keyin yordam berilmay qolishidan oldin tavba qilib Robbingizga qaytinglar va Unga taslim boʻlinglar.