Ular yetib boradigan muayyan muddatga qadar vaqtinchalik ustilaridan azobni olib tashladik. Lekin yana ular bergan ahdlarini buzmoqda edilar.
От искомого вами масдар-узак ن ك ث образовано 7 аятов.
qasamlarini buzadilar, buzsalar, buzuvchi, burganidan keyin, so'zlaridan qaytmoqdalar, ahdini buzsa, buzgan bo'ladi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular yetib boradigan muayyan muddatga qadar vaqtinchalik ustilaridan azobni olib tashladik. Lekin yana ular bergan ahdlarini buzmoqda edilar.
Agar ahdlashganlaridan keyin ham qasamlarini buzsalar va sizlarning diningizga taʼna toshini otsalar, u holda bu qilmishlaridan voz kechishlari uchun kufr yetakchilariga qarshi jang qilinglar. Zero, ular uchun qasamlarda vafo yoʻqdir. Shoyad, shundan ibrat olib yomonliklardan tiyilsalar.
Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, payg‘ambarni yurtidan chiqarib yuborishga qasd qilgan va sizlarga qarshi birinchi boʻlib urush boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi?! Yoki ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar chinakam moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga haqli boʻlgan Zot, faqat Allohdir!
Bir qavm boshqa bir qavmdan son yoki boylik jihatidan ustunroq boʻlgani uchun qasamlaringizni buzib uni aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi oʻzi toʻqigan narsani puxta qilgandan keyin parchalab buzib yuborgan ayol kabi boʻlmanglar. Albatta, Alloh bu bilan sizlarni sinab koʻradi va shubhasiz, qiyomat kunida sizlarga u haqida ixtilof qilib yurgan narsalaringizni bayon qilib beradi.
Bas, qachonki, Musoning duosi sharofati bilan ulardan azobni aritsak, birdan ular oʻz ahdlarini buza boshlar edilar.
Ey Muhammad, haqiqatan, sizga bayʼat qiladiganlar, albatta, Allohga bayʼat qilgan boʻladilar. Allohning qudrat qoʻli ularning qoʻllari uzradir. Bas, kimki oʻz ahdini buzsa, bas, faqat oʻz zarariga buzgan boʻladi. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda Alloh unga ulkan mukofot beradi.