Agar kufrdan kechib, Islomga kirsalar va urushdan tiyilsalar, shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
От искомого вами масдар-узак ن ه ي образовано 56 аятов.
(hujumlaridan) to'xtasalar, (ribadan) qaytsa, va to'suvchi, to'syapsiz, va to'sadilar, sizga taqiqlangan, to'silishlarida, bunga chek qo'ying, to'sishlarini, qaytmasalar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agar kufrdan kechib, Islomga kirsalar va urushdan tiyilsalar, shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Kofirlar bilan to fitna-fasod tamoman tugab, din yolg‘iz Alloh uchun boʻlguncha jang qilinglar. Agar kufrdan voz kechib, urushni toʻxtatsalar, unda sizlar ham toʻxtatinglar. Chunki dushmanlik, faqat zolimlarga qarshi boʻladi.
Ribo yeydigan, sudxoʻrlik qiladigan kimsalar qiyomatda qabrlaridan xuddi shayton chalib, jinni boʻlgan odamdek qayta tiriladilar. Bu jazo ularga “savdo-sotiq ham xuddi sudxoʻrlik kabidir”, – deganlari uchundir. Holbuki, Alloh tijoratni halol, sudxoʻrlikni esa harom qilgan. Bas, agar kimga Robbidan uning haromligiga doir vaʼz-nasihat yetib kelib, sudxoʻrlikdan toʻxtasa, u holda oldingi boʻlib oʻtgan sudxoʻrlikdagi foydalari oʻziga qoladi va uning ishi Allohga havola qilinadi. Agar shundan keyin ham yana sudxoʻrlikka qaytadigan boʻlsa, demak, ular doʻzax egalaridir. Hamda ular u yerda mangu qoluvchi boʻladilar.
Ey moʻminlar, orangizdan xayrga chaqiradigan, yaxshilikka buyuradigan va yomonlikdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻsha kimsalar najot topuvchilardir.
Ey moʻminlar, sizlar insonlarning yaxshiligi uchun oʻrtaga chiqarilgan eng xayrli ummat boʻldingiz. Chunki sizlar yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar hamda Allohga iymon keltirasizlar. Agarda ahli kitoblar ham iymon keltirganlarida edi, oʻzlari uchun, albatta, yaxshi boʻlar edi. Ularning orasida moʻminlari ham bor, lekin ularning aksariyati fosiq kimsalardir.
Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar hamda ezgu ishlar qilishda shoshiladilar. Ana oʻshalar solih kimsalardandir.
Agar sizlarga man qilingan katta gunohlardan tiyilsangiz, kichik gunohlaringizni oʻchiramiz. Hamda sizlarni ulug‘ maqom boʻlgan jannatga kiritamiz.
Yana boshqa sababi ularning sudxoʻrlik qilib, foiz olishlari edi. Vaholanki Tavrotda ribodan qaytarilgan edilar. Hamda odamlarning mollarini nohaq yoʻl bilan yeganlaridir. Biz ular orasidan kofir boʻlgan kimsalar uchun oxiratda alamli azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
Ey ahli kitoblar, Iso payg‘ambarni xudo deb diningizda haddingizdan oshib, chuqur ketmanglar. Alloh shaʼniga, faqat haq gapni aytinglar. Maryam oʻg‘li Iso Masih, albatta, Allohning Rasulidir. Hamda u Maryamga tashlagan kalimasi va Oʻzidan kelgan bir ruhdir. Shunday ekan, Alloh va Uning Rasuliga iymon keltiringlar. Xudo uchtadir demanglar. Bu boʻhton gapdan tiyilinglar, shunda oʻzingizga yaxshi boʻladi. Hech shak-shubhasiz, Alloh yakkayu yagona ilohdir. Subhanalloh, Uning bolasi boʻlmaydi, axir, osmonlar va Yer yuzidagi barcha mulk Allohnikidir. Alloh hammasi uchun yetarli vakildir.
Ahli kitob boʻlgan ruhoniylar va ulamolar ularni gunoh gaplarni aytishlaridan va harom topib yeyishlaridan man qilsalar edi?! Ularning bu qilayotgan xatti-harakatlari naqadar yomondir.
Alloh uch ilohning biridir, deb aytgan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Yolg‘iz Ilohdan boshqa iloh yoʻqdir. Agar bu aytayotgan gaplaridan tiyilmasalar, ulardan kofir boʻlgan kimsalarni qiyomatda alamli azob tutishi shubhasizdir.
Ular bir-birlarini qilgan nomaqbul ishlaridan qaytarmas edilar. Ularning qilib yurgan ishlari naqadar yomon edi.
Shayton sizlarni mast qiluvchi ichkilik va qimor oʻynash tufayli oralaringizga adovat va nafrat solishni, Allohning zikrini qilishdan hamda namozdan qaytarishni xohlaydi. Boʻldi endi undan tiyilasizlarmi?
Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Ey Rasulim, ularga: “Men Allohdan boshqa sizlar iltijo qilayotganingizga ibodat qilishdan qaytarilganman”, – deb ayting. Yana ularga: “Sizlarning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Unda men ham sizlardek toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman”, – deb ayting.
Soʻngra shayton ularning berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun ikkoviga vasvasa qilib: “Robbingiz sizlarni farishtalarga aylanib qolmasligingiz yoki jannatda abadiy qolib ketmasligingiz uchun sizlarga bu daraxtdan yeyishni man qilgan”, – dedi.
Shunday qilib, shayton ularni aldov bilan chuv tushirdi. Mazkur daraxtning mevasidan totib koʻrishgach, ularning avrat yerlari koʻrinib ochilib qoldi va uyalganlaridan oʻzlarini jannatning barglari bilan toʻsa boshladilar. Shunda Robbilari ularga: “Sizlarga bu daraxt mevasidan yeyishni taqiqlamaganmidim? Hamda shayton, albatta, ikkovingizga aniq dushmandir demaganmidim?” – deb nido qildi.
U kimsalar esa huzurlaridagi Tavrot va Injilda nomi yozilgan, deb topgan va oʻqish yozishni bilmaydigan ummiy – Rasul va Nabiyga ergashadiganlardir. Bu payg‘ambar esa ularni yaxshi ishlarni qilishga buyuradi va yomon ishlardan qaytaradi. Ularga pokiza rizqlarni halol qiladi va nopok narsalarni harom qiladi. Hamda gardanlaridagi og‘ir yuklarni va boʻyinlaridagi zillat zanjirlarini ulardan olib tashlaydi. Shuningdek, u kimsalar unga iymon keltirgan, payg‘ambarga hurmat bajo qilgan va unga yordam koʻrsatganlardir. Hamda Rasulga nozil qilingan nur boʻlmish Qurʼon hukmlariga ergashgan zotlardir. Aynan oʻshalar najot topganlardir.
Shunday qilib, ular eslatilgan ogohlantirishlarni unutishgach, yomon ishlardan qaytaruvchi solih kimsalarga najot berdik. Zulm qilgan kimsalarni esa qilgan fosiqliklari uchun yomon azob bilan tutib jazoladik.