Shubha yoʻqki, oxiratda ziyon koʻruvchilar ham, albatta, ulardir.
От искомого вами масдар-узак أ خ ر образовано 250 аятов.
va oxiratga ham, oxirat, oxiratni berib, oxiratda, oxiratda ham, boshqa, orqada qolsa, oxiratda (ham), va oxirat, boshqasiga
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shubha yoʻqki, oxiratda ziyon koʻruvchilar ham, albatta, ulardir.
Biz unga bu dunyoda yaxshilik ato qildik. Albatta, u oxiratda ham solih bandalardandir.
Agar shundan keyin yaxshiliklar qilsangiz, oʻzingiz uchun yaxshilik qilgan boʻlasizlar, agar yomonlik qilsangiz, oʻzingiz uchun yomonlik qilgan boʻlasiz. Bas, keyingi buzg‘unchilikning vaqti kelganida, ular yana yuzlaringizni qora qilishlari, avvalgi safar unga kirganlari kabi Masjid ul-Aqsoga kirib, holingizni tang qilishlari oʻzlari egallab olgan barcha yerlarni vayron qilishlari uchun yana dushmanlaringizni sizlarning ustingizga yuboramiz.
Shuningdek, oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun esa qiyomatda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Kim hidoyat yoʻliga yursa, bas, oʻzi foydasi uchun yuradi. Kim zalolatga ketsa, oʻz zarariga zalolatga ketgan boʻladi. Gunoh yukini koʻtaruvchi hech kim boshqasining gunoh yukini koʻtarmaydi. Biz toki bir payg‘ambar yubormagunimizcha, biror qavmni azoblovchi boʻlmadik.
Kimki oxirat savobini istasa va moʻmin holida saʼy-harakati bilan unga harakat qilsa, bas, unday zotlarning saʼy-harakatlari Alloh nazdida maqbuldir.
Bu dunyoda ularning ayrimlarini ayrimlaridan rizq va martabada qanday ustun qilganimizni koʻring. Albatta, oxirat darajasi ulug‘roq va afzalligi kattaroqdir.
Alloh bilan birga boshqa ilohni sherik qilmang. Aks holda, mazammatga uchrab, chorasiz oʻtirib qolasiz.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ey Muhammad, qachonki Qurʼonni qiroat qilganingizda, siz va oxiratga ishonmaydiganlarning oʻrtasiga koʻrinmas maʼnaviy parda tortib qoʻyamiz.
Iblis yana: “Mendan ustun qilgan shu kimsaning holiga qaramaysanmi? Qasam boʻlsinki, agar meni qiyomat kunigacha tirik qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini oʻzimga tortib ketaman. Ulardan faqat ozginalari haq yoʻlda qoladilar”, – dedi.
Yoki Alloh sizlarni yana bir marta dengizga qaytarib, ustingizga qattiq shamol yuborishidan hamda kufr keltirganingiz uchun g‘arq qilib yuborish xavfidan xotirjammisizlar?! Shunday ofat keladiki, Bizga qarshi undan oʻch olib beruvchi birortani topa olmaysizlar.
Kimki, bu yerdagi dunyoda haqiqatni bilmay koʻr boʻlgan boʻlsa, bas, u oxiratda ham koʻr va butunlay yoʻldan ozuvchidir.
Undan keyin bani Isroil avlodlariga: “Hozircha mana shu yerni maskan tutinglar. Endi qachonki vaʼda qilingan oxirat kelganida, sizlarning barchangizni bir oraga toʻplab keltiramiz”, – dedik.
Muso: “U hassam, unga suyanaman va u bilan qoʻylarimga daraxtdan barg qoqib beraman. Shuningdek, unda boshqa hojatlarim ham bor”, – dedi.
Qoʻlingni qoʻltig‘ingga tiq, qoramtir boʻlgan qoʻling hech qanday yomonliksiz oppoq holda boʻlib chiqadi. Bu esa yana bir boshqa moʻʼjizadir.
Darhaqiqat Biz senga goʻdaklik chog‘ingda ham bir marta inʼom etgan edik.
Biz sizlarni yerdan yaratdik, unga qaytaramiz va qiyomat kunida sizlarni yana bir bor undan chiqaramiz.
Haddidan oshgan va Robbisining oyatlariga iymon keltirmaganlarni mana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi esa, shubhasiz, qattiqroq va uzunroqdir.
Oldin qanchalab zolim qishloq ahllarini halok qildik va ularning ketidan boshqa qavmlarni paydo qildik.