Darhaqiqat, Yer yuzida odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan ilk uy bu Bakka, yaʼni Makka boʻlib, u muborak va butun olamlar uchun hidoyat manbai boʻlgan Kaʼbadir.
От искомого вами масдар-узак ب ر ك образовано 32 аятов.
omad, baraka, muborak, muborak, naqadar uludir, baraka, barakali qildik, va barakalar bilan, va barakalarini, barakali qilganimiz, barakali
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Darhaqiqat, Yer yuzida odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan ilk uy bu Bakka, yaʼni Makka boʻlib, u muborak va butun olamlar uchun hidoyat manbai boʻlgan Kaʼbadir.
Bu Qurʼon oʻzidan avvalgi kitoblarni tasdiqlovchi, u bilan shaharlar onasi boʻlgan Makka va uning atrofidagi odamlarni ogohlantirishingiz uchun Biz nozil qilgan muborak kitobdir. Oxiratga ishonadigan kimsalar unga iymon keltiradilar. Hamda ular namozlarini muhofaza qiladilar.
Mana bu Qurʼon – Biz nozil qilgan muborak kitobdir. Unga ergashinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, rahm qilinasizlar.
Shubhasiz, Robbingiz Alloh koʻklarni va Yerni olti kunda yaratgan keyin Arsh uzra hukmron boʻlgan Zotdir. Alloh kunduzga kechani kiritib qoplaydi. Kecha shitob bilan kunduzni quvlab yuradi. Hamda quyosh, oy va yulduzlarni amriga tobe holda yaratgan Zotdir. Ogoh boʻlinglar, yaratish va amr qilish, faqat Unga xosdir. Olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh eng ulug‘dir.
Agarda u oʻlkalarning aholisi iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, ularga samodan va Yerdan barakatlar ochib qoʻyar edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqardilar. Oqibatda qilmishlari tufayli ularni azobga tutdik.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Keyin: “Ey Nuh, Bizning huzurimizdan senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga berilgan salomatlik va barakatlar bilan kemadan Yerga tushgin. Lekin ummatingdan kelajakda shunday kofir ummatlar ham boʻladiki, ularni dunyo neʼmatlari bilan ozgina bahramand qilamiz, soʻngra ularni Biz tomondan boʻladigan alamli azob tutadi”, – deyildi.
Farishtalar unga: “Nima, Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey xonadon egalari, sizlarga Allohning rahmati va barakati boʻlsin! Albatta, U Zot oʻta maqtalgan va ulug‘langandir.
Oʻz bandasi Muhammadga moʻʼjizalarimizdan koʻrsatish uchun tunda, Makkadagi Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakatli qilib qoʻygan Quddusdagi Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Albatta, U eshituvchi va koʻruvchidir.
Hamda meni qaerda boʻlsam ham barakatli qildi va modomiki, hayot ekanman, menga namoz va zakotni ado qilishimni buyurdi.
Bu Qurʼon Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!
Unga va Lut payg‘ambarga najot berib, ularni barcha olamlar uchun muborak qilgan Shom zaminiga yubordik.
Sulaymonga esa shiddatli shamolni boʻysundirdik. Uning buyrug‘i bilan shamolni Biz ichini muborak qilgan Shom diyoriga esadigan qilib qoʻydik. Biz boʻlayotgan barcha narsalarni biluvchi edik.
Soʻngra nutfadan laxta qonni yaratdik, keyin laxta qonni parcha goʻsht qildik, keyin esa parcha goʻshtga suyaklarni qildik. Soʻngra bu suyaklarga goʻsht qopladik, keyin unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay boshqacha bir vujudni paydo qildik. Yaratuvchilarning eng goʻzali boʻlgan Alloh barakatlidir!
Hamda yana: “Ey Robbim, meni bir muborak manzilga tushirgin. Sen manzilga tushiruvchilarning eng yaxshirog‘isan”, – deb duo qil.
Alloh osmonlar va Yerning nuridir. Uning borliqda aks etgan nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq esa bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir durdan boʻlgan yulduzga oʻxshaydi. U chiroq sharqiy ham g‘arbiy ham boʻlmagan koinotning qoq markazidagi muborak zaytun daraxtining yog‘idan yoqiladi. Uning yog‘i musaffo boʻlganidan, garchi unga olov tegmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Agar olov tegib ketsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qiladi. Alloh odamlar ibrat olishi uchun mana shunday misollarni keltiradi. Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
Olamlarga doʻzax azobidan ogohlantiruvchi boʻlishi uchun bandasi Muhammadga Furqonni nozil qilgan Zot barakatli va ulug‘dir.
Agar istasa, sizga shu dunyodayoq ular aytgan narsalardan yaxshirog‘ini, tagidan anhorlar oqib turadigan bog‘larni va siz uchun qasrlar qilib bera oladigan Zot ulug‘dir.
Osmonda burjlarni paydo qilgan va unda chiroq hamda nur taratuvchi oyni yaratgan Zot barakatli va ulug‘dir.