Agarda u munofiqlarga: “Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar!” – deb aytilsa, munofiqlar: “Bizlar, faqat odamlar orasini tuzatuvchi kimsalarmiz”, – deydilar.
От искомого вами масдар-узак نَحْنُ образовано 86 аятов.
biz, holbuki biz, va biz, va biz faqat, Biz, biz (mi), ammo biz, biz (bo'lgan holda), biz (ham), albatta biz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Agarda u munofiqlarga: “Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar!” – deb aytilsa, munofiqlar: “Bizlar, faqat odamlar orasini tuzatuvchi kimsalarmiz”, – deydilar.
Ular qachonki iymon keltirgan kimsalarga duch kelsalar: “Biz ham iymon keltirdik”, – deydilar. Bordi-yu shaytonlari boʻlgan munofiq yoʻlboshchilari bilan birga xoli qolgan chog‘larida: “Biz sizlar bilan birgamiz, iymon masalasiga kelsak, faqatgina biz moʻminlarning ustidan kulib, mazax qiluvchilarmiz”, – deydilar.
Ey Rasulim, Robbingiz farishtalarga qarata: “Men Yer yuzida Odamni xalifa qilmoqchiman”, – deganida, farishtalar: “U yerda buzg‘unchilik qiladigan, nohaq qon toʻkadigan kimsalarni xalifa qilib yaratasanmi? Shundoq ham biz Senga hamd va sanoing bilan tasbeh aytib va Seni muqaddas deb bilamizku”, – deb aytganlar. Shunda Alloh: “Albatta, Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman”, – dedi.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Ey bani Isroil avlodlari, nima yoki sizlar Yaʼqub payg‘ambarga oʻlim oni yaqin kelgach u oʻg‘illariga qarata: “Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?” – deganida, ular: “Sening va bobolaring Ibrohim, Ismoil va Ishoqning ilohi boʻlmish yolg‘iz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz, faqat Uning Oʻziga taslim boʻluvchilarmiz”, – deb javob berganlariga guvoh boʻlganmisizlar?
Ey moʻminlar: “Allohga, bizga nozil qilingan kitobga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqubga va uning avlodlariga nozil qilinganlarga hamda Muso va Isoga berilgan kitoblarga va butun payg‘ambarlar uchun Robbilari tarafidan berilganlarga iymon keltirdik. Biz u payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz va biz Uning buyruqlariga taslim boʻluvchilarmiz”, – deb aytinglar.
Allohning maʼnaviy boʻyog‘i boʻlgan dinida sobit boʻlingiz. Axir kimda Allohdan yaxshiroq din koʻrkini beruvchi boʻyoq bor? Bizlar, faqat yolg‘iz Unga ibodat qiluvchilarmiz.
Ey Rasulim, ularga: “U sizu bizning Robbimiz boʻlgani holda, Alloh haqida biz bilan tortishasizlarmi? Darhaqiqat, bizning qilgan amalimiz oʻzimizga, shuningdek, sizning ham qilgan amalingiz oʻzingizga. Biz Unga chin dildan ixlos qiluvchilarmiz”, – deb ayting.
Shundan soʻng payg‘ambarlari ularga: “Alloh sizlarga Tolut ismli kishini podshoh tayin qilib yubordi”, – dedi. Ular esa: “U bizning ustimizga qanday qilib hukmron boʻla oladi? Vaholanki, podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz. Uning ustiga Tolutga mol-davlatdan moʻl-koʻl berilmagan boʻlsa?!” – deb aytdilar. Payg‘ambar ularga: “Shubhasiz, Alloh uni sizlarning ustingizga podshoh qilib tanladi hamda uning ilmiy va jismoniy tomondan quvvatini orttirdi”, – deb javob qaytardi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kimsaga beradi. Shuningdek, Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Oxiri Iso shuncha dalillarga qaramay ular tomondan kufrni sezgach: “Alloh yoʻliga kim menga yordamchilarim boʻladi?” – dedi. Shunda Havoriylar: “Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va shohid boʻlginki, albatta, bizlar musulmonlarmiz”, – dedilar.
Ey Rasulim, siz: “Biz Allohga, bizga nozil qilingan Qurʼonga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlariga tushirilgan ilohiy amrlarga, shuningdek, Muso, Iso va barcha payg‘ambarlarga Robbilari tomonidan berilgan vahiyga iymon keltirdik. U payg‘ambarlardan birortasining orasini ajratmaymiz. Biz yolg‘iz Unga taslim boʻlganmiz”, – deb ayting.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Yahudiylar va nasroniylar: “Biz Allohning bolalari va suyukli bandalarimiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Unday boʻlsa, nega sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydi?” – deb ayting. Yoʻq, aslo, sizlar ham U yaratgan bashariyat kabisizlar. Alloh istagan kishisini mag‘firat qiladi va istaganini azoblaydi. Osmonlaru Yer va ular orasidagi barcha borliqning hukmronligi, shubhasiz, Allohga oiddir. Oxir-oqibat qaytib boriladigan joy yolg‘iz Uning Oʻzigadir.
Hamda ular: “Hayotimiz faqat shu dunyodan iboratdir va bizlar qayta tiriltirilmaymiz”, – der edilar.
Ey Rasulim, ularga: “Kelinglar, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni oʻqib beraman. U Zotga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onaga yaxshilik qilinglar. Kambag‘allikdan qoʻrqib farzandlaringizni oʻldirmanglar. Biz sizlarga ham, ularga rizq beramiz. Buzuq ishlarning oshkorasiga ham, undagi yashirinchasiga ham yaqinlashmanglar. Alloh oʻldirishni man qilgan jonni nohaq oʻldirmanglar. Shoyad, aql yuritsangiz, deb Alloh sizlarga bularni tavsiya qildi”, – deb ayting.
Shunday qilib, sehrgarlar firʼavnga yetib keldilar va unga: “Bordi-yu bizlar Musoga qarshi g‘alaba qiluvchilardan boʻlsak u holda bizga biror bir mukofot bormi?” – dedilar.
Sehrgarlar: “Ey Muso, avval sen asongni yerga otasanmi yoki uni oldin biz otuvchi boʻlaylikmi?” – dedilar.
Ular Musoga: “Bizni u bilan sehrlash uchun har qanday bir moʻʼjiza keltirsang ham, biz senga aslo ishonuvchi emasmiz”, – dedilar.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlar bizni jangda yo shahid, yo g‘olib boʻlishdek ikki xayrli ishdan birining boʻlishini kutmoqdasiz. Bizlar esa sizlarni Alloh Oʻz dargohidan yoki bizning qoʻlimiz bilan sizlarga azob yetishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, albatta, biz ham sizlar bilan birga kutuvchimiz”, – deb ayting.
Atrofingizdagi aʼrobiylardan ham va Madina aholisi ichidan ham munofiqlar bordir. Ular nifoqqa odatlanib ketganlar. Ularni siz bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki karra azoblaymiz. Soʻngra qiyomatda haqiqiy jazo olishlari uchun katta azobga qaytariladilar.