Ey Muhammad, agar ular sizni yolg‘onchiga chiqarsalar, ulardan oldin Nuhning qavmi, Od va Samud qabilalari ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar.
От искомого вами масдар-узак نُوحٍ образовано 43 аятов.
va Nuhni, Nuhga, Nuhni, Nuh, Nuhning, Nuhdan, va Nuhni ham, Nuh
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, agar ular sizni yolg‘onchiga chiqarsalar, ulardan oldin Nuhning qavmi, Od va Samud qabilalari ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar.
Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Nuh qavmi ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqardi.
Oʻshanda ularga birodarlari Nuh: “Allohning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Ular: “Ey Nuh, qasam boʻlsinki, agar daʼvat qilishdan toʻxtamasang, albatta, toshboʻron qilinganlardan boʻlasan”, – dedilar.
Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, iymon keltirmadilar va ularni zolim boʻlgan hollarida toʻfon balosi tutdi.
Ey Muhammad, Biz payg‘ambarlardan hamda sizdan, Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iso ibn Maryamdan ham ahd olganimizni eslang. Biz ulardan qatʼiy ahd olganmiz.
Qasam boʻlsinki, Nuh payg‘ambar qavmidan shikoyat qilib, Bizga nido qildi. Bas, Biz duolarni naqadar yaxshi ijobat qiluvchimiz!
Barcha olamlarda Nuhga salom boʻlsin!
Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od qabilasi va yerga qoziq qilib qoqilgan baland ehromlar egasi firʼavn ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar.
Ulardan oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi firqalar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Har bir ummat oʻz payg‘ambarini tutib oʻldirishga qasd qilgan va haqni yoʻqotish uchun botil hujjatlar bilan tortishganlar. Bas, ularni azobim bilan tutdim. Mana, azobim qanday boʻldi?!
Ular Nuh qavmi, Od, Samud qabilasi va ulardan keyingi kufr yoʻlini tutgan kimsalarning ishi kabidir. Alloh bandalariga zulm qilishni xohlamaydi.
Ey iymon keltirganlar, Alloh sizlar uchun din qilib Nuhga buyurgan narsani va Biz siz Muhammadga vahiy qilgan narsani, shuningdek, Biz Ibrohim, Muso va Iso payg‘ambarlarga buyurgan narsani shariat qildi va: “Dinni barpo qilinglar va unda firqalarga ajralmanglar”, – dedi. Ey Muhammad, mushriklarga siz unga daʼvat qilayotgan narsa og‘irlik qildi. Alloh dinga Oʻzi xohlagan kishilarni tanlab oladi va Oʻziga tavba qiluvchi kishilarni hidoyat qiladi.
Makka kofirlaridan oldin Nuh qavmi, Shuʼayb qavmi boʻlgan quduq egalari, Samud qabilasi ham payg‘ambarlarni inkor qilgan edilar.
Bu qavmlardan oldin Nuh qavmini ham halok qilgan edik. Chunki, ular fosiq qavm edilar.
Yana U ilgari Nuh qavmini ham halok qilgan edi. Chunki ularning oʻzlari oʻta zolim va juda tug‘yonga ketgan kimsalar edilar.
Makka kofirlaridan oldin Nuh qavmi ham uni inkor etgan edi. Ular bandamiz Nuhni yolg‘onchiga chiqarib: “U bir majnun”, – dedilar va u payg‘ambarlik ijrosidan toʻsib qoʻyildi.
Biz Nuh va Ibrohimni payg‘ambar qilib yubordik hamda payg‘ambarlik va kitobni ham ikkovining zurriyotlariga ato qildik. Bas, ularning orasida hidoyat topuvchi kishilar ham bor, ammo ularning orasida aksariyati fosiqlardir.
Alloh kufr keltirgan kimsalar haqida Nuh payg‘ambarning xotini va Lut payg‘ambarning xotinini misol keltirdi. U ikki ayol ham Bizning bandalarimizdan ikki solih bandaning qoʻl ostida edilar. Bas, u ayollar ularga xiyonat qildilar. Nuh va Lut Allohning azobidan biror narsani u ikkisidan qaytara olmadilar. Ularga: “Doʻzaxga kiruvchilar bilan birga unga kiringlar!” – deyildi.