Firdavs jannatiga voris boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
От искомого вами масдар-узак و ر ث образовано 35 аятов.
merosxo'rning, merosni, va unga voros bo'layotsa, meros qoldiruvchi, meros yo'li bilan olishingiz, uning merosini oladi, u sizga meros qilib berildi, voros bo'lganlarni, uni beradi, va merosxo'r qildik
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Firdavs jannatiga voris boʻlib, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Shunday qilib, ularga bani Isroil avlodini voris qildik.
Yana meni neʼmatlar jannatining vorislaridan qilgin.
Sulaymon payg‘ambarlik va podshohlikda otasi Dovudga voris boʻldi va: “Ey odamlar, bizga qushlarning va boshqa jonzotlarning tili oʻrgatildi va shohlarga beriladigan barcha narsalardan berildi. Albatta, bu aynan ochiq-oydin fazlning oʻzidir”, – dedilar.
Biz esa u yerda xorlangan kishilarga beminnat neʼmat berishni, ularni xorlikdan chiqarib, yoʻlboshchi zotlarga aylantirishni va ularni firʼavn mulkiga merosxoʻr qilishni istaymiz.
Biz maishatlarida haddan oshgan qanchadan-qancha oʻlkalarni halok qildik. Ulardan keyin oʻsha maskanlarida juda ozchilik istiqomat qildi. Ularning yurtlariga Biz voris boʻldik.
Hamda sizlarga ularning yerlarini, yurtlarini, mollarini va qadamingiz yetmagan yerni meros qilib berdi. Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
Jannat egalari: “Bizlarga vaʼdasini rost qilgan va bizga bu yerni meros qilib bergan Allohga hamd boʻlsinki, jannatda xohlagan yerimizga joylashyapmiz”, – deydilar. Mana, solih amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!
Biz Musoga hidoyat ato etdik va bani Isroil avlodiga meros qildik.
Avvalgi oʻtgan qavmlar oʻzlariga ajralmaslik haqida bilim kelganidan soʻng oʻzaro hasad qilishib, firqalarga boʻlinib ketganlar. Agar Robbingiz tomonidan azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirish haqida soʻz oʻtmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan boʻlar edi. Aniqki, ulardan keyin Tavrot va Injil kitoblariga voris qilingan yahudiy va nasroniy kimsalar undan shubhadadirlar.
Mana shu dunyoda qilib oʻtgan amallaringiz sababli u sizga meros qilib berilgan jannatdir.
Mana shunday qilib, Biz u neʼmatlarni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
Nima uchun sizlar Alloh yoʻlida ehson qilmayapsizlar?! Holbuki, osmonlar va Yerning merosi yolg‘iz Allohnikidir! Sizlardan Makka fath boʻlishidan avval ehson qilgan va kofirlarga qarshi urushgan kishilar fathdan keyin ehson qilgan va urushganlar bilan barobar boʻlmaydi. Ular keyin ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug‘roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh goʻzal jannat vaʼda qilgandir. Alloh qilayotgan barcha amallaringizdan xabardordir.
Merosni esa oʻz ulushingizga oʻzgalarnikini qoʻshib yeysizlar.