Albatta, moʻminlar aka-ukadirlar. Bas, sizlar ikki og‘a-iningiz oʻrtasini tuzatib qoʻyinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, rahm qilinsangizlar.
От искомого вами масдар-узак و ق ي образовано 258 аятов.
taqvodorlar uchun, saqlanasiz, unday bo'lsa saqining, saqining, va saqining, va saqinganlarida, taqvodorlar, saqinib yuradilar, taqvosidir, qo'rqing
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, moʻminlar aka-ukadirlar. Bas, sizlar ikki og‘a-iningiz oʻrtasini tuzatib qoʻyinglar va Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, rahm qilinsangizlar.
Ey iymon keltirganlar, koʻp gumonlardan chetda boʻlinglar, chunki baʼzi gumonlar gunohdir! Oʻzgalarning aybini izlab josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi oʻlgan birodarining goʻshtini yeyishni yaxshi koʻradimi?! Uni yomon koʻrasiz-ku, shundaymi?! Allohdan qoʻrqinglar! Shubhasiz, Alloh tavbalarni koʻplab qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qoʻydik. Albatta, Alloh nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Taqvodor zotlarga jannat uzoq boʻlmagan bir makonga keltiriladi.
U kunda albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar ichida boʻladilar.
Taqvodor kimsalar esa bog‘lar va neʼmatlar ichidadirlar.
Ular Robbilari ato etgan narsalar bilan xursanddirlar. Robbilari ularni doʻzax azobidan saqlagan.
Mana, Alloh bizlarga marhamat qildi va bizlarni “samum” nomli doʻzax shamolining azobidan saqladi.
Jannat ahli kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan ham yiroq yuradigan kimsalardir. Albatta, Robbingiz mag‘firati keng boʻlgan Zotdir. U Odamni yer tuprog‘idan paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringiz qornida homila boʻlgan vaqtdayoq sizlarni yaxshi biluvchidir. Bas, sizlar oʻzlaringizni oqlamay qoʻyaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi biluvchidir.
Albatta, taqvodorlar jannatlarda va daryolar ichida boʻladilar.
Ey Isoga iymon keltirgan kimsalar, Allohdan qoʻrqinglar va Uning payg‘ambari Muhammadga ham iymon keltiringlar. Shunda U zot sizlarga Oʻz rahmatidan ikki barobar ato etadi va sizlarga qiyomatda oldingizda yuradigan bir nur paydo qiladi hamda sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey moʻminlar, sizlar oʻzaro maxfiy suhbat qilganingizda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida shivirlashmanglar, balki yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar Uning huzuriga toʻplanadigan Zot boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar!

Alloh qishloq va shaharlarning kofir aholisidan payg‘ambariga oʻlja qilib bergan narsalar – toki sizlardan boy-badavlat kishilar oʻrtasidagina qoʻlma-qoʻl boʻlib yuraveradigan narsa boʻlib qolmasligi uchun – Allohga, Payg‘ambarga va u zotning qarindoshlari, yetimlar, miskinlar va musofirlarga tegishlidir. Payg‘ambar sizlarga nimani keltirgan boʻlsa olinglar, sizlarni nimadan qaytargan boʻlsa undan qaytinglar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh jazosi qattiq Zotdir.
Muhojirlardan oldin Madina diyorida yashagan va iymonni saqlagan ansorlar esa oldilariga hijrat qilib kelgan kishilarni yaxshi koʻradilar va qalblarida ularga berilgan narsa sababli hasad sezmaydilar. Hamda oʻzlarida ehtiyoj boʻla turib, ehson qilishda oʻzgalarni ustun qoʻyadilar. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlana olsa, bas, ana oʻshalar zafar topuvchilardir.
Ey iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va har bir jon egasi ertangi qiyomat kuni uchun nima amalni taqdim etganiga qarasin! Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.

Agar juftlaringizdan birortasi kofirlar tomoniga oʻtib ketsa-yu, ammo ular oʻsha xotin uchun berilgan mahrni uning eriga qaytarib bermasalar soʻng sizlar oʻch olsangiz va oʻlja qoʻlga kiritsangiz, u holda oʻsha oʻljalardan juftlari kofirlar tomoniga oʻtib ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar. Hamda oʻzingiz Unga iymon keltiruvchi boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar.
Bas, qoʻlingizdan kelganicha Allohga taqvo qilinglar, nasihatga quloq tuting, itoat qiling va muhtojlarga ehson qilinglar. Mana shu oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlansa, bas, aynan oʻshalar zafar topuvchilardir.