Biz oʻsha oxirat diyorini yer yuzida kibr va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaratamiz. Oqibat esa, taqvodor kimsalarnikidir!
От искомого вами масдар-узак و ق ي образовано 258 аятов.
taqvodorlar uchun, saqlanasiz, unday bo'lsa saqining, saqining, va saqining, va saqinganlarida, taqvodorlar, saqinib yuradilar, taqvosidir, qo'rqing
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Biz oʻsha oxirat diyorini yer yuzida kibr va buzg‘unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaratamiz. Oqibat esa, taqvodor kimsalarnikidir!
Ibrohim payg‘ambar ham oʻz qavmiga: “Allohga ibodat qilinglar va Undan qoʻrqinglar. Agar bilsangiz, mana shu siz uchun yaxshidir”,– dedi.
Unga oʻzingizni topshirgan hollaringizda dinini mahkam tutinglar va Undan qoʻrqinglar hamda namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan boʻlmanglar.
Ey insonlar, Robbingizga taqvo qiling va yana shunday bir kundan qoʻrqingizki, u kunda biror ota oʻz bolasi tomonidan hech narsani oʻtab bera olmaydi va bola ham otasi tomonidan biror narsani oʻtab beruvchi emasdir. Albatta, Allohning qiyomat haqidagi vaʼdasi haqdir. Bas, sizlarni oʻtkinchi dunyo hayoti aslo aldab qoʻymasin va sizlarni oʻta aldoqchi shayton, har qanday gunohni Alloh kechaveradi, degan aldov bilan aldab qoʻymasin.
Ey Payg‘ambar, Allohdan qoʻrqing. Kofirlar va munofiqlarga itoat qilmang. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Payg‘ambarning ayollari, agar taqvo qilsangizlar, sizlar boshqa ayollarning birortasi kabi emassizlar. Bas, sizlar nomahram erkaklarga mayin soʻz qilmanglar, aks holda qalbida buzuqlik boʻlgan kimsa taʼma qilib qoladi. Soʻzni oddiy qilib, toʻg‘ri aytinglar.
Ey Muhammad, Alloh hidoyat bilan neʼmat bergan va siz ham qullikdan ozod qilish orqali inʼom qilgan shaxs Zayd ibn Horisaga: “Juftingni taloq qilishga shoshmay oʻzingda saqlagin va Allohdan qoʻrqqin”, – deb aytganingizni eslang. Alloh oshkor qiluvchi boʻlgan narsani ichingizda maxfiy tutardingiz va odamlarning ig‘vosidan qoʻrqar edingiz, holbuki, Allohdan qoʻrqmog‘ingiz haqliroq edi. Bas, qachonki, Zayd undan ehtiyojini ado etib taloq qilgach Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado etishgach ularga uylanishlarida tanglik boʻlmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri esa qilinuvchidir.
Payg‘ambarning ayollari otalariga, oʻg‘illariga, aka-ukalariga, aka-ukalarining oʻg‘illariga, opa-singillarining oʻg‘illariga, moʻmina ayollarga va qoʻl ostilaridagi choʻrilarga ochiq holda koʻrinishlarida ularga gunoh yoʻqdir. Ey payg‘ambarning ayollari, Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh barcha narsaga guvohdir.
Ey iymon keltirganlar, faqat Allohdan qoʻrqinglar va toʻg‘ri soʻzni gapiringlar.
Agarda ularga: “Rahm qilinishingiz uchun oldingizdagi oxirat azobidan va ortingizdagi dunyo musibatlaridan qoʻrqinglar”, – deyilsa, parvo qilmaydilar.
Oʻshanda, u oʻz qavmiga: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – degan edi:.
Biz iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan kimsalarni yer yuzida buzg‘unchilik qiluvchilar kabi qilamizmi?! Yoki taqvodor kishilarni fisqu fujur qilib yurgan kimsalardek qilamizmi?! Aslo unday emas!
Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodorlar uchun goʻzal qaytar joy bordir.
Ey Muhammad, iymon keltirgan bandalarimga: “Robbingizdan qoʻrqinglar! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun oxiratda yaxshilik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob beriladi”, – deb ayting.
Ular uchun jahannamda ustilaridan ham ostilaridan ham olovdan boʻlgan soyabonlar bordir. Bu boʻlajak azob bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitadi. Ey bandalarim, Mendan qoʻrqinglar!
Lekin Robbilaridan qoʻrqqan zotlar uchun jannatda ustma-ust qurilgan xonalar boʻlib, ularning ostidan anhorlar oqib turadi. Bu Allohning vaʼdasidir. Alloh vaʼdaga aslo xilof qilmaydi.
Axir, qiyomat kunida yomon azobdan oʻz yuzi bilan saqlanadigan kimsa moʻmin bilan teng boʻlarmidi?! U kunda zolimlarga: “Oʻzlaringiz kasb qilib olgan narsaning oqibatini tatib koʻringlar!” – deyiladi.
Biz uni qing‘ir boʻlmagan arabiy Qurʼon holida nozil qildik. Shoyad, ular Allohdan qoʻrqsalar.
Haq va rost Qurʼonni keltirgan zot va uni tasdiq qilgan moʻminlar esa – ana ular taqvodor zotlardir.
Yoki biror jon: “Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan boʻlar edim”, – deb qolmasligi uchun.