Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак هُنَالِكَ образовано 9 аятов.
o'sha yerda, mana o'sha yerda, mana o'sha holatda, shu yerda
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Mana shu yerda Zakariyo Robbiga duo qilib: “Robbim, menga ham Oʻz huzuringdan bir pokiza zurriyot ato ayla! Albatta, Sen duolarni eshituvchisan”, – dedi.
Bas, u yerda sehrgarlar mag‘lub boʻlib, sharmanda holatda ayrildilar.
Ana oʻsha yerda har bir nafs egasi bu dunyoda nimaiki qilib oʻtgan boʻlsa, amalini sinab koʻradi va hisob beradi. Hamda barchasi haqqoniy egalari boʻlgan Allohga qaytariladi. Shuningdek, oʻzlaricha toʻqib chiqargan narsalari ulardan g‘oyib boʻladi.
Ana, oʻsha joyda madad faqat haq Allohga xosdir. U mukofoti yaxshi va oqibati xayrli Zotdir.
Qachonki, kishanlangan hollarida uning tor joyiga tashlanganlarida, oʻsha joyda oʻzlariga oʻlim tilab qoladilar.
Ana oʻsha joyda moʻminlar yana bir bor imtihon qilindilar va bu dahshatdan qattiq larzaga tushdilar.
Ey Muhammad, Makka mushriklari oʻsha yerning oʻzida yengilgan firqalardan iborat qandaydir bir qoʻshindir, xolos.
Biz sizdan oldin ham koʻplab payg‘ambarlarni yuborganmiz. Ulardan sizga qissasini aytib berganimiz ham, yana ulardan sizga qissasini aytib bermaganimiz ham bordir. Hech bir payg‘ambarga Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin boʻlmaydi. Bas, qachonki, Allohning amri kelganda, haq bilan hukm chiqariladi va oʻshanda botil ish qilib yuruvchilar ziyon koʻradilar.
Lekin azobimizni koʻrgan vaqtdagi iymonlari ularga foyda bermaydi. Bu Allohning barcha bandalari haqida joriy boʻlib kelgan yoʻlidir. Ana oʻshanda kofirlar ziyon koʻrdilar.