U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Ey Muhammad, ularga: “Guvohlikka eng katta boʻlgan narsa nimadir?” – deb soʻrang. Ularga javoban yana: “Alloh men bilan sizlarning oramizda guvohdir. Bu Qurʼon sizlarni va sizdan keyin yetib kelgan barchani u bilan ogohlantirishim uchun menga vahiy qilindi. Qani, sizlar, albatta, Alloh bilan birga boshqa ilohlar ham bor, deb guvohlik bera olasizlarmi?” – deb ayting. Keyin yana: “Men unday deb guvohlik bermayman”, – deng. Ularga: “Albatta, U yagona ilohdir. Men esa, sizlar shirk keltirayotgan narsalardan uzoqman”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga qarata: “Men, albatta, Robbimdan kelgan aniq hujjatga egadirman. Sizlar esa uni yolg‘onga chiqardingiz. Sizlar tez boʻlishni xohlayotgan azobning hukmi menda emas. Hukm faqat Alloh uchun xosdir. U faqat haqiqatni bayon qilib beradi. U haq va botil orasini eng yaxshi ayiruvchidir.
G‘aybning kalitlari Uning huzuridadir. Undan boshqasi ularni bilmaydi. U Zot quruqlik va dengizdagi barcha narsalarni biladi. Biror bir barg uzilib tushsa ham, uni biladi. Hatto Yer qaʼridagi qorong‘iliklarda bir urug‘ ham, xoʻlu quruq – barcha mavjudotlar ham aniq kitob boʻlgan Lavh ul-Mahfuzda yozib qoʻyilgandir.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. Ustingizga qilgan amallaringizni saqlab boruvchi farishtalarni yuboradi. Sizlardan biringizga oʻlim oni kelgan paytda elchilarimiz uning jonini oladilar. Ular vazifalarini benuqson bajaradilar.
Keyin bandalar haqiqiy egalari boʻlgan Allohning huzuriga qaytariladilar. Ogoh boʻlinglar, hukm qilish, faqat Uning Oʻzigagina xosdir va U eng tez hisob-kitob qiluvchidir.
Ey Rasulim, ularga qarata: “U sizlarning ustingizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni turli guruhlarga aralashtirib, bir-biringizning mashaqqatingizni tottirishga ham qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Qarang, fahmlay olsinlar deb, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz.
Ey Muhammad, qavmingiz bu Qurʼonning haqligini bilgani holda, yolg‘onga chiqardi. Ularga: “Men sizlarga kafil emasman”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “Allohni qoʻyib, bizga foyda ham bermaydigan, zarar ham yetkaza olmaydigan butlarga iltijo qilamizmi? Alloh bizlarga hidoyat berganidan keyin ham ortimizga qaytarilamizmi?! Unda goʻyo shaytonlar uni chalib ketib, yerda dovdirab yurganida, doʻstlari unga “Hey, bizning yonimizga kel”, – deb, adashgan yoʻlidan toʻg‘ri yoʻlga chaqirgan kimsaga oʻxshab qolamiz-ku?!” – deb ayting. Hamda ularga: “Eng toʻg‘ri yoʻl bu – Allohning hidoyatidir va bizlar olamlar Robbisiga boʻyin egishga buyurilganmiz”, – deb ayting.
Hamda bizlarga “Namozni toʻliq ado eting va Uning Oʻzidan qoʻrqinglar”, – deb, amr qilingan. Sizlar U Zotning huzuriga toʻplanasizlar.
U osmonlar va Yerni barhaq yaratgan Zotdir. U Zot “Boʻl!” – degan kuni barchasi muhayyo boʻladi. Uning soʻzi haqdir. Qiyomat kunidagi surga puflanadigan kunda butun hukmronlik Uning qoʻlidadir. Alloh yashirin va oshkora barcha narsalarni biluvchi Zotdir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
U osmonlar va Yerni barhaq yaratgan Zotdir. U Zot “Boʻl!” – degan kuni barchasi muhayyo boʻladi. Uning soʻzi haqdir. Qiyomat kunidagi surga puflanadigan kunda butun hukmronlik Uning qoʻlidadir. Alloh yashirin va oshkora barcha narsalarni biluvchi Zotdir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Ana u payg‘ambarlarning barchalari Alloh hidoyatga boshlagan zotlardir, siz ham ularning yoʻllariga ergashing. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun biron bir haq talab qilmayman. Bu Qurʼon butun olamlar uchun faqat bir eslatmadir xolos”, – deb ayting.
U sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida adashmay yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan Zotdir. Haqiqatan, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U sizlarni bir jondan vujudga keltirdi. Oxirat – qarorgoh bu dunyo esa omonatgohdir. Fahmlaydigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U osmondan suv yog‘dirib tushirgan Zotdir. Bu suv bilan har turli nabototlarni undirib chiqardik. Bu nabototlardan yashil ekinlarni chiqardik. Bu ekinlardan esa uyum-uyum donlarni chiqaramiz. Xurmo daraxtining novdalaridan esa yerga yaqin boʻlib tegay deb turgan mevali shodalar undirdik. Hamda anvoyi uzum bog‘lari, bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan turli zaytun va anorlarni chiqaramiz. Ularning sekin-asta yetishayotgan g‘oʻr hosiliga va mevasining pishib yetilishiga bir nazar solinglar. Shubhasiz, mana bularda iymon keltirgan qavmlar uchun alomatlar bordir.
Alloh osmonlaru Yerning yaratuvchisidir. Uning rafiqasi boʻlmay turib, bolasi qanday boʻlsin?! U barcha maxluqotni yaratdi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Mana shu Robbingiz boʻlgan Allohdir. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U barcha narsaning yaratuvchisidir, demak, faqat Unga ibodat qilinglar. U har narsaning ustida vakildir.
Mana shu Robbingiz boʻlgan Allohdir. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U barcha narsaning yaratuvchisidir, demak, faqat Unga ibodat qilinglar. U har narsaning ustida vakildir.