Koʻzlar Uni idrok qila olmaydi, U esa koʻzlarni idrok qila oladi. U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Koʻzlar Uni idrok qila olmaydi, U esa koʻzlarni idrok qila oladi. U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Koʻzlar Uni idrok qila olmaydi, U esa koʻzlarni idrok qila oladi. U nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Ey Muhammad, Robbingizdan sizga vahiy qilingan oyatlarga ergashing. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. Mushriklardan esa yuz oʻgiring.
Ey Rasulim, ularga: “Allohdan oʻzgani istab hakam qilib olaymi? Axir U sizlarga bu kitobni batafsil qilib nozil qilgan Zotdir”, – deb ayting. Biz kitob bergan yahudiy va nasroniy boʻlgan kimsalar aslida, albatta, bu Qurʼonning, haqiqatan, Robbingiz tarafidan nozil qilinganligini biladilar. Bas, shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Robbingizning soʻzi toʻg‘rilik va adolat jihatida kamoliga yetgandir. Uning soʻzlarini aslo oʻzgartiruvchi yoʻqdir. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Shubhasiz, Robbingiz Oʻz yoʻlidan adashgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat yoʻlida yurganlarni ham juda yaxshi biluvchi Zotdir.
Shubhasiz, Robbingiz Oʻz yoʻlidan adashgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat yoʻlida yurganlarni ham juda yaxshi biluvchi Zotdir.
Sizlarga nima boʻldiki, uning ustida Allohning ismi zikr qilingan narsalardan yemaysizlar?! Vaholanki, U sizlarga majbur boʻlganingizdan tashqari barcha harom qilgan narsalarni batafsil bayon qilib bergan edi. Albatta, koʻpchilik maʼlumotga ega boʻlmay turib, havoyi nafslari bilan odamlarni adashtiradilar. Shubhasiz, Robbingiz haddidan oshganlarni juda yaxshi biluvchi Zotdir.
Ular uchun Robbilari huzurida omonlik diyori bordir. U Zot moʻminlarning qilgan yaxshi amallari uchun ularga doʻstdir.
U ishkomlarga koʻtarilib qoʻyiladigan va koʻtarilmay yerda yetishadigan bog‘larni yaratgan Zotdir. Hamda mazasi turli boʻlgan xurmo va ekinlarni, bir-biriga oʻxshaydigan va oʻxshamaydigan zaytun va anorlar daraxtlarini yaratdi. Pishib yetilganda, mevalaridan yenglar va hosil yig‘imi kunida haqini ado etinglar. Isrofgarchilik qilmanglar, albatta, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.
Ey Rasulim, ularga: “U barcha narsaning Robbisi boʻlgani holda, men Allohdan boshqa bir robni izlaymi?” – deb ayting. Har bir nafsning qilgan yomonligi oʻzining zararigadir. Hech bir gunoh koʻtarib yuruvchi boshqasining yukini koʻtarmaydi. Oxirida qaytar joyingiz Robbingiz huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
U sizlarni Yer yuzining xalifalari qilib, bergan neʼmatlarida sizlarni sinash uchun baʼzingizni baʼzingizdan yuqori darajalarga koʻtargan Zotdir. Albatta, Robbing jazosi tez boʻlgan Zotdir. Hamda U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Odam bolalari, shayton ota-onangizning avratlarini oʻzlariga koʻrsatib sharmanda qilish uchun ularning liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham aldab, fitna qilmasin. Chunki u va uning tarafdorlari sizlar ularni koʻrmaydigan jihatdan koʻrib turadi. Biz shaytonlarni iymon keltirmagan kimsalar uchun doʻst qilib qoʻydik.
U Oʻz rahmati boʻlgan yomg‘irdan oldin xushxabar qilib shamollarni yuboradi. Vaqtiki, shamollar og‘ir bulutlarni koʻtarib olgach uni suvsizlikdan qaqrab oʻlib yotgan oʻlkaga haydaymiz. Keyin u bilan suv yog‘dirib u tufayli har turli mevalarni chiqaramiz. Oʻliklarni ham shu tarzda qabrlaridan chiqaramiz. Shoyad, sizlar bundan oʻgit olsangizlar.
Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan dinga iymon keltirib va boshqa bir toifa iymon keltirmagan boʻlsa, unda Alloh oramizda hukm chiqarguncha sabr qilib turinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
Muso yana ularga: “Sizlarga Allohdan oʻzga bir iloh tanlab beraymi?! Axir U sizlarni olamlar uzra afzal qilib qoʻygan Zot-ku!” – dedi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey odamlar, darhaqiqat, men barchangiz uchun osmonlar va Yerning egasi boʻlgan Allohning elchisiman. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. U Zot sizlarga hayot beradi va joningizni oladi. Shunday ekan, Allohga va Uning soʻzlariga ishonadigan Rasul boʻlmish ummiy payg‘ambariga iymon keltiringlar. Unga ergashinglar, shoyad, shunda sizlar toʻg‘ri yoʻlni topasizlar”, – deb ayting.
Ularning hamsuhbatlari Muhammadda jinnilikdan hech qanday asar yoʻqligini oʻylab koʻrmaydilarmi?! U faqatgina Allohning azobidan ochiq-oydin ogohlantiruvchidir.
Ey Muhammad, sizdan qiyomatning qachon qoim boʻlishi haqida soʻraydilar. Ularga: “Uning ilmi, faqat Robbimning huzuridadir. Qiyomat vaqti kelganda faqat Uning Oʻzi oshkor qiladi. Qiyomatning dahshati osmonlaru Yerga og‘ir keladi. Sizlarga u toʻsatdan kelib qoladi”, – deb ayting. Sizdan u haqida goʻyo xabardordek soʻrashadi. Ularga qarata: “Shubhasiz, qiyomatning ilmi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar”, – deb javob bering.
U sizlarni bir jondan yaratgan hamda unga uylanib orom topishi uchun undan jufti Havvoni vujudga keltirgan Zotdir. Vaqtiki, Odam unga qoʻshilgach, jufti Havvo yengil homilador boʻldi va shu holda u bilan bir muddat yurdi. Soʻngra homila og‘irlashib tug‘ish vaqti kelganda ikkovi Robbilariga duo qilib: “Agarda bizlarga solih bir farzand ato etsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.