Ular uchun bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning soʻzlarida oʻzgartirish yoʻq. Ana shu ulkan yutuqdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular uchun bu dunyo hayotida ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning soʻzlarida oʻzgartirish yoʻq. Ana shu ulkan yutuqdir.
Ey Rasulim, kofirlarning “Payg‘ambar emassan”, – degan soʻzlari sizni aslo ranjitmasin. U shubhasiz, hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
U sizlarga orom olishingiz uchun kechani va turli ishlar bilan shug‘ullanishingiz uchun yorug‘lik beradigan qilib kunduzni yaratgan Zotdir. Albatta, bunda eshitib ibrat oladigan qavm uchun alomatlar bor.
G‘ofil kimsalar, “Allohning bolasi bor”, – dedilar. U Zot bunday tuhmatdan mutlaqo munazzah va pokdir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Unga xosdir. Sizlarning huzuringizda bu haqda hech qanday dalil yoʻq. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?!
Agar Alloh sizga biror zarar yetkazsa, bas, Oʻzidan boshqa uni ketkaza oladigan kuch yoʻqdir. Agar sizga biror yaxshilik yetkazishni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi hech qanday kuch ham yoʻqdir. Alloh Oʻzi xohlagan bandalariga yaxshilikni yetkazadi. U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar Alloh sizga biror zarar yetkazsa, bas, Oʻzidan boshqa uni ketkaza oladigan kuch yoʻqdir. Agar sizga biror yaxshilik yetkazishni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi hech qanday kuch ham yoʻqdir. Alloh Oʻzi xohlagan bandalariga yaxshilikni yetkazadi. U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey Rasulim, siz, faqat oʻzingizga vahiy qilingan narsaga ergashing va toki Alloh hukm qilguncha sabr qiling. Albatta, U hukm qiluvchilarning eng yaxshisidir.
Qaytar joyingiz esa, albatta, Allohning huzurigadir. U har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
U Zot osmonlar va Yerni olti kunda yaratdi. Butun koinot yaratilishidan oldin Uning Arshi suv ustida edi. Alloh bularni sizlarning qaysilaringiz amal qilishda yaxshiroq ekan deb, sinash uchun qildi. Agar ularga: “Oʻlimdan keyin sizlar, albatta, qayta tiriluvchisizlar”, – desangiz, kufr keltirgan kimsalar: “Bu faqat ochiq-oydin sehrdir”, – deydilar.
Bas, agar chaqirganlaringiz sizlarga javob qilmasalar, unda bilingki, albatta, nozil qilingan Qurʼon Allohning ilmi bilan vahiy qilingandir. Hamda Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, endi sizlar musulmonlardan boʻlasizlarmi?!
Agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni xohlasa, men nasihat qilishni istagan boʻlsam ham nasihatim sizlarga foyda bermaydi. U, albatta, sizning Robbingizdir va Uning huzuriga qaytarilasiz.
Shubhasiz, men Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohga suyandim. Yer yuzida oʻrmalab yuruvchi har bir jonivor borki, Alloh uning peshonasidan tutib turib tasarruf qilmoqda. Albatta, Robbim toʻg‘ri yoʻldadir.
Keyin Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni Yerdan paydo qilib, unda sizlarni joylashtirdi va uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan mag‘firat tilanglar keyin Unga tavba qilinglar. Albatta, Robbim sizga shoh tomiringizdan ham yaqin va duolarni ijobat qiluvchi Zotdir”, – dedi.
Buyrug‘imiz boʻlgan azob vaqti kelgach, Solihni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat bilan azobdan va oʻsha kunning sharmandaligidan xalos qildik. Albatta, U Robbingiz kuchli va qudratli Zotdir.
Ey qavmim, qoʻlingizdan kelgan ishingizni qilavering, men ham oʻz ishimni qiluvchiman. Yaqinda kimga xor qiladigan azob kelishini va kim yolg‘onchi ekanini bilib olasiz. Boshingizga keladigan kunni kuzatib turaveringlar, men ham sizlar bilan birga kuzatib turuvchiman.
Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Yusuf Qitfirga: “Yoʻq, U mening nafsimdan jinsiy yaqinlik qilishimni talab qildi”, – dedi. U Zulayhoning qarindoshlaridan biri guvohlik berib: “Agar uning koʻylagi old tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rost aytgan boʻladi, u Yusuf esa yolg‘onchilardan boʻladi”, – dedi.
“Agarda uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Zulayho yolg‘on aytgan boʻladi, u esa rostgoʻylardan boʻladi”, – dedi.
Bas, Robbisi Yusufning duosini ijobat qildi va ularning makrlarini undan bartaraf qildi. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Otalari Yaʼqub: “Nima, men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonaymi?. Zero, Alloh eng yaxshi muhofaza qiluvchi va U rahmlilarning eng rahmlisidir”, – dedi