Ey odamlar, Alloh tarafidan nozil qilingan bu Qurʼon insoniyatga u bilan ogohlantirilishlari va U yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir yetkazishdir.
От искомого вами масдар-узак هُوَ образовано 436 аятов.
U, va U, u, va u, holbuki u, udir, U bo'lganida, u(ning), Undan, holbuki u
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey odamlar, Alloh tarafidan nozil qilingan bu Qurʼon insoniyatga u bilan ogohlantirilishlari va U yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir yetkazishdir.
Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi qiyomat kuni ularni toʻplaydi. Albatta, U hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Shuningdek, azobim ham u eng alamli azobdir.
Albatta, Robbing U koʻplab yaratuvchi – Xalloq va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Alloh insonni bir tomchi suv boʻlgan nutfadan yaratdi. Endi esa u Robbisiga qarshi ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.
U osmondan sizlar uchun ichimlik boʻlgan suvni yog‘dirgan Zotdir. Hayvonlaringizni oʻtlatadigan oʻsimliklar ham oʻsha suvdan ozuqalanadi.
U shunday Zotki, undan barra baliq goʻshti ovlab yeyishingiz, uni zebu ziynat qilib taqadigan sadaf, marvarid kabi toshlarni chiqarib olishingiz uchun dengizni ham boʻysundirib qoʻydi. Unda yana suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasiz. Uning fazlidan talab etishingiz va shoyad, neʼmatlariga shukr qilishingiz uchun ularni beminnat xizmatkor qilib qoʻydi.
Alloh taolo: “Ikki xudo qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qoʻrqinglar”, – dedi.
Qachonki, ulardan birlariga qiz koʻrgani bilan xushxabar berilsa, uning g‘azabi kelib, yuzlari qorayib ketadi.
Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarda yomon oʻrnak bor. Allohda esa eng oliy sifat bordir. Shuningdek, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Alloh yana boshqa ikki kishi haqida misol keltiradi: “Ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqov bir quldir. Shuningdek, u xoʻjayiniga ortiqcha yuk boʻlib egasi uni qaerga yuborsa, biror yaxshi naf keltirmaydi. Shunday odam bilan oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlib va boshqalarni ham adolatga buyuradigan kishi teng boʻladimi?!”

Osmonlar va Yerning g‘ayb ilmi Allohga xosdir. Qiyomat ishi esa koʻzni ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Shubhasiz, Alloh barcha narsaga qodirdir.
Allohga bergan ahdingizni ozgina qiymatga sotib yubormanglar. Agar bilsangiz, shubhasiz, Alloh huzuridagi ajr sizlar uchun dunyo matohlaridan yaxshiroqdir.
Xoh erkak boʻlsin, xoh ayol boʻlsin, kimda-kim moʻmin boʻlgan holda biror solih amal qilsa, bas, Biz unga chiroyli hayot beramiz. Hamda ularga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Ey Rasulim, Robbingizning yoʻliga hikmat va chiroyli nasihat bilan daʼvat qiling. Ular bilan eng goʻzal uslubda munozara qiling. Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi Uning yoʻlidan adashgan kimsalarni juda yaxshi biluvchi va U toʻg‘ri yoʻlda hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.

Oʻz bandasi Muhammadga moʻʼjizalarimizdan koʻrsatish uchun tunda, Makkadagi Masjid ul-Haromdan Biz atrofini barakatli qilib qoʻygan Quddusdagi Masjid ul-Aqsoga sayr qildirgan Zot barcha aybu nuqsonlardan pokdir. Albatta, U eshituvchi va koʻruvchidir.
Kimki oxirat savobini istasa va moʻmin holida saʼy-harakati bilan unga harakat qilsa, bas, unday zotlarning saʼy-harakatlari Alloh nazdida maqbuldir.