Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
От искомого вами масдар-узак ب ك م образовано 6 аятов.
tilsizlar, va tilsizlar, va tilsizlardir, tilsizdir, va tilsiz
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
Allohga kufr keltirganlarning misoli, xuddi baqiriq-chaqiriqdan boshqa hech narsani eshitmaydigan hayvonlarga hayqirayotgan choʻponning holatiga oʻxshaydi. Ular maʼnan kardirlar – nasihat eshitmaydilar, soqovdirlar – haqni gapira olmaydilar, koʻrdirlar – oyatlarni koʻrolmaydilar. Demak, ular aql ishlata olmaydilar.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Chunki Alloh nazdida Yer yuzidagi jonzotlarning eng yomoni haqdan yiroq boʻlib kar va soqov boʻlib olib, aql yuritmaydigan kimsalardir.
Alloh yana boshqa ikki kishi haqida misol keltiradi: “Ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqov bir quldir. Shuningdek, u xoʻjayiniga ortiqcha yuk boʻlib egasi uni qaerga yuborsa, biror yaxshi naf keltirmaydi. Shunday odam bilan oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlib va boshqalarni ham adolatga buyuradigan kishi teng boʻladimi?!”
Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻstlarni topa olmaysiz. Ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov va kar qilib tiriltiramiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Agar qachon uning olovi soʻnadigan boʻlsa, yana ularga lovullagan olovni koʻpaytiraveramiz.