Alloh osmondan suv yog‘dirib, u bilan ranglari turli xil boʻlgan mevalarni chiqarganimizni koʻrmadingizmi?! Hamda tog‘lardan oq, qizil hamda turli yoʻllarni paydo qildik. Ulardan tim qoralari ham bor.
От искомого вами масдар-узак ث م ر образовано 24 аятов.
turli mahsulotlar, meva, mahsulotlar bilan, va mahsulotlaringizning, mevasi, mevasiga, meva berganida, mevasi, meva bergani, mevalar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, u bilan ranglari turli xil boʻlgan mevalarni chiqarganimizni koʻrmadingizmi?! Hamda tog‘lardan oq, qizil hamda turli yoʻllarni paydo qildik. Ulardan tim qoralari ham bor.
Odamlar uning mevasidan yeyishlari uchun ularni yaratdik. Holbuki, u mevalarni oʻz qoʻllari bilan barpo qilmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!
Qiyomat soatining qachon boʻlishi haqidagi ilm Allohning Oʻziga qaytariladi. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, bir ayolning nimaga homila boʻlishi ham, nimani tug‘ishi ham, faqat Uning ilmi bilan boʻladi. Qiyomat kunida U zot mushriklarga: “Oʻzingiz toʻqib olgan Mening sheriklarim qani?! – deb nido qiladi. Mushriklar: “Senga bildiramizki, oramizda sheriklaring borligiga birorta ham guvoh yoʻq”, – deydilar.
Allohdan qoʻrqadigan taqvodorlar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli shuki, unda mazasi aynimas suvdan iborat daryolar, taʼmi oʻzgarmaydigan sutdan iborat anhorlar, ichuvchilar uchun lazzatli maydan boʻlgan daryolar va musaffo asaldan iborat anhorlar bordir. Ular uchun u yerda barcha mevalardan va Robbilari tomonidan mag‘firat bordir. Ana shunday kimsalar doʻzaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug‘orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan kofirlar kabi boʻladimilar?!