Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar ulardan oʻzlarini kim yaratgani haqida soʻrasangiz, albatta, ular: “Alloh”, – deydilar. Bas, shunday ekan, haq yoʻldan qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
От искомого вами масдар-узак أ ف ك образовано 30 аятов.
aylantirilmoqdalar, aylantirilmoqdasizlar, ularning to'qiganlari, va yerla-yakson bo'lganlarning, bo'htonni, bir bo'htondir, yolg'uning, yolg'onchi, yolg'on narsalar, aylantirilmoqdasizlar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar ulardan oʻzlarini kim yaratgani haqida soʻrasangiz, albatta, ular: “Alloh”, – deydilar. Bas, shunday ekan, haq yoʻldan qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Har bir tuhmatchi va gunohkorning holiga voy boʻlsin!
Kufr keltirgan kimsalar iymon keltirganlarga: “Agar bu Qurʼon yaxshi boʻlganida anavi quyi tabaqalar unga bizlardan oldin bormagan boʻlar edilar”, – dedilar. Mana bu Qurʼon bilan hidoyat topa olishmagach: “Bu qadimgi uydirmadir”, – deydilar.
Qavmi unga: “Sen bizlarni xudolarimizdan burish uchun keldingmi?! Bas, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizlarga vaʼda qilayotgan azobni keltirgin-chi?” – dedilar.
Qani endi, Allohni qoʻyib, U Zotga yaqinlashtiruvchi deb tutgan soxta ilohlari halokatdan qutulishlari uchun ularga yordam bersalar boʻlmaydi-mi!? Yoʻq, ular koʻzdan g‘oyib boʻlib qoldilar. Ana bu ularning uydirma hamda toʻqib olgan narsalaridir.
Bu Qurʼondan haqdan burilgan, baxtsiz kimsagina og‘ib ketadi.
Bu Qurʼondan haqdan burilgan, baxtsiz kimsagina og‘ib ketadi.
Yana U ostin-ustin boʻlgan Lut qavmining qishlog‘ini ham halok qilgandir.
Agarda ularni koʻrsangiz, jismlari sizni ajablantiradi, soʻzlaganlarida esa soʻzlariga beixtiyor quloq solasiz. Ular goʻyo devorga suyab qoʻyilgan chirik yog‘ochlarga oʻxshaydilar. Ular har bir qichqiriq ovozni ustilariga tushayotgan balo va ofat deb gumon qiladilar. Ular moʻminlarga dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot boʻling! Alloh ularni laʼnatlasin! Oʻzi qayoqqa og‘ib ketmoqdalar?!
Firʼavn ham, undan avvalgi oʻtgan dinsizlar ham, Lut qavmining ostin-ustun boʻlgan qishloq ahllari ham xato ish qildilar.