Ey Muso, albatta, Men aziz va hakim boʻlgan Allohman!
От искомого вами масдар-узак ح ك م образовано 210 аятов.
hokim bo'lgansan, hukm beradi, va hikmatini, Hokim bo'lgan, hokimlar(ning oldi)ga, hukm va hikmat egasidir, hukm qilmoq uchun, hokimdir, va Hikmat(dan), va hikmat
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muso, albatta, Men aziz va hakim boʻlgan Allohman!
Albatta, Robbingiz odamlar oʻrtasida Oʻz hukmi bilan ajrim chiqaradi. Shuningdek, U izzati ulug‘ boʻlgan – Aziz va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Qachonki, u voyaga yetib, kamol topganida, unga hikmat va bilim berdik. Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
U yagona Allohdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir! Dunyoda ham oxiratda ham hamd, faqat Unga xosdir. Hukm qilish ham yolg‘iz Ungadir va barchangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Alloh bilan birga boshqa soxta ilohga iltijo qilmang. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Uning Zotidan boshqa har bir narsa halok boʻluvchidir. Hukm qilish, faqat Unga xosdir va Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Yoki yomon ishlarni qiladigan kimsalar Bizning jazoimizdan qochib qolishni oʻylaydilarmi?! Ular qanday ham yomon hukm chiqaradilar!
Bas, faqat Lut unga iymon keltirdi. Keyin Ibrohim: “Albatta, men Robbim buyurgan tomonga hijrat qilib ketuvchiman. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Albatta, Alloh Oʻzidan boshqa nimaga duo qilayotganlarini yaxshi biladi. Shubhasiz, U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ushbular hikmatli kitobning oyatlaridir.
Ular u joyda mangu qoladilar. Bu Allohning haq vaʼdasidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Biz Luqmonga hikmat ato qildik va unga: “Allohga shukr qilgin. Kimki shukr qilsa, faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh barcha narsadan behojat – G‘aniy va hamd egasi boʻlgan – Hamid Zotdir”, – dedik.
Agar yer yuzidagi barcha daraxt qalamlar boʻlib, dengiz siyoh boʻlsa va undan soʻng yana yetti dengiz yozish uchun unga yordamga kelsa ham Allohning soʻzlari tugamaydi. Shubhasiz Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Payg‘ambar, Allohdan qoʻrqing. Kofirlar va munofiqlarga itoat qilmang. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmatni zikr qilinglar. Albatta, Alloh nozik narsalarni koʻra oluvchi – Latif va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Osmonlardagi va yerdagi barcha narsalar Uniki boʻlgan Allohga hamd boʻlsin. Oxiratda ham hamd faqat Unga xosdir. U hikmat egasi boʻlgan – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Yana mushriklarga: “U Zotga qoʻshib olgan sheriklaringizni menga koʻrsatinlar-chi?! Yoʻq, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir”, – deb ayting.
Alloh odamlar uchun nimaiki rahmatni ochib qoʻysa, bas, uni tutib qoluvchi yoʻqdir. Agar U zot ushlab qolganidan soʻng u narsani bandalarga biron yuboruvchi ham yoʻqdir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey Muhammad, ushbu hikmatli Qurʼonga qasam boʻlsin.
Ey mushriklar sizlarga nima boʻldi?! Qanday nohaq hukm chiqaryapsizlar?!