Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qoʻrqinglar.
От искомого вами масдар-узак خ ل ق образовано 261 аятов.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qoʻrqinglar.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Yoki maxluqotni ilk boshdan paydo qiladigan, keyin qiyomatda uni yana qayta yaratadigan va sizlarni osmondan va yerdan turli neʼmatlar bilan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Ey Muhammad, ularga: “Agar rostgoʻy boʻlsangiz, dalilingizni keltiring!” – deb ayting.
Robbingiz xohlagan narsani yaratadi va xohlagan ishni tanlaydi. Ularda ixtiyor yoʻqdir! Alloh ularning shirk keltirayotgan narsalaridan pok va oliydir!
Sizlar Allohni qoʻyib faqat butlarga ibodat qilyapsizlar va ularni xudo deb boʻhton toʻqiyapsizlar. Aniqki, sizlar Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir emaslar. Bas, shunday ekan, sizlar rizqni Allohdan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va Unga shukr qilinglar. Sizlar, albatta, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor yoʻqdan yaratishini soʻngra qiyomat kunida yaratgan u barcha narsasini qaytarishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilib Alloh qanday qilib yaratishni boshlaganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh qiyomatda ikkinchi marta paydo qiladi. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!
Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. Albatta, bunda moʻminlar uchun katta ibratlar bordir!
Ey Rasulim, qasam boʻlsinki, agar siz ulardan: “Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni amriga boʻysundirib qoʻygan Zot kim?” – deb soʻrasangiz, ular: “Albatta, Alloh”, – deydilar. Bas, shunday ekan, haqdan boshqa qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Axir, ular oʻz ichlarida Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi barcha narsani faqat haq hikmat va qiyomatgacha belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib koʻrmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning koʻpchiligi qayta tirilib Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qiluvchidirlar.
Alloh avval boshda Oʻzi yaratib, keyin bu yaratishni qiyomatda takrorlaydi. Soʻngra hisob-kitob uchun Unga qaytarilasizlar.
Uning alomatlaridan biri – Alloh sizlarning otangiz Odamni avval tuproqdan yaratgani, soʻngra sizlar basharga aylanib, yer yuziga tarqalishingizdir.
Yana Uning alomatlaridan biri – sizlar sokinlik topishingiz uchun oʻzlaringizdan juftlar yaratishi va oʻrtalaringizda muhabbat va mehr paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun ibratlar bordir.
Uning boshqa dalillaridan yana biri – osmonlar va Yerni yaratishi va tillaringiz va ranglaringizning turli boʻlishidir. Albatta, bunda barcha olamlar uchun alomatlar bordir.
U ilk bor borliqni yaratib, soʻngra qiyomat kuni Oʻzi uni yana qayta yaratadigan Zotdir. U Zotga bularni qilish juda osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy sifat Unikidir. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Bas, ey Muhammad, yuzingizni doimo toʻg‘ri boʻlgan Islom dinida tuting. Allohning insonlarni uning ustida yaratgan tabiiy xilqatini saqlanglar. Allohning yaratgan maxluqotlarida oʻzgartirish yoʻqdir. Eng toʻg‘ri din shudir! Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar.
Alloh avval sizlarni yaratgan, soʻngra sizlarni turli neʼmatlar bilan rizqlantirgan, soʻngra ajalingiz yetgach vafot ettiradigan, keyin qiyomatda yana qayta tiriltiradigan Zotdir! Sizlar sig‘inayotgan sheriklaringiz ichida bulardan birortasini qila oladigani bor-mi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pok va oliydir.
Alloh shunday Zotdirki, sizlarni avval zaif goʻdak holida yartdi. Soʻngra zaiflikdan keyin quvvat paydo qildi. Kuch-quvvatli qilgandan keyin yana zaiflik va qarilikni paydo qildi. Alloh xolagan narsani yaratadi. U barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetuvchi Qodir Zotdir.
Alloh shunday Zotdirki, sizlarni avval zaif goʻdak holida yartdi. Soʻngra zaiflikdan keyin quvvat paydo qildi. Kuch-quvvatli qilgandan keyin yana zaiflik va qarilikni paydo qildi. Alloh xolagan narsani yaratadi. U barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetuvchi Qodir Zotdir.
Alloh siz uni koʻrib turgan osmonlarni ustunsiz yaratdi. Sizlarni tebratib yubormasligi uchun yerda mustahkam tog‘larni barpo qildi va unda har turli jonzotlarni tarqatib qoʻydi. Hamda Biz osmondan suv yog‘dirib, yerda turli foydali oʻsimliklarni undirib qoʻydik.