Ey Rasulim: “Men agar Robbimga isyon qilsam, ulug‘ kunning azobidan qoʻrqaman”, – deb ayting.
От искомого вами масдар-узак خ و ف образовано 124 аятов.
bir qo'rquv, qo'rquv, qo'rqa-qo'rqa, qo'rqsa, qo'rqsalar, qo'rqsangiz, (bir xavfdan) qo'rqsangiz, qo'rquv yo'qligiga, sizni qo'rqitmoqda, ulardan qo'rqmang
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Rasulim: “Men agar Robbimga isyon qilsam, ulug‘ kunning azobidan qoʻrqaman”, – deb ayting.
Ular uchun jahannamda ustilaridan ham ostilaridan ham olovdan boʻlgan soyabonlar bordir. Bu boʻlajak azob bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitadi. Ey bandalarim, Mendan qoʻrqinglar!
Alloh Oʻz bandasi Muhammadni asrashga yetarli emasmi?! Ey Rasulim, ular sizni Allohdan oʻzga narsalar bilan qoʻrqitadilar. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biror toʻg‘ri yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Firʼavn: “Menga qoʻyib beringlar, Musoni oʻldiraman. Qani, u Robbisiga duo qilsin-chi, uni qutqarar ekanmi?! Men Muso diningizni oʻzgartirib yuborishidan yoki yer yuzida buzg‘unchilik chiqarishidan qoʻrqyapman”, dedi.
Iymon keltirgan kishi: “Ey qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi oʻtgan iymonsiz firqalarning kuni kelib qolishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Ey qavmim, haqiqatan, men sizlarga qiyomatdagi nidolashuv kunidan qoʻrqaman.
Albatta, “Robbimiz yagona Allohdir”, deb soʻngra ibodatda toʻg‘ri boʻlgan kimsalar huzuriga oʻlim paytida farishtalar tushib: “Qoʻrqmanglar va g‘amgin boʻlmanglar. Sizlarga vaʼda qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar”, – deydilar.
U kunda Allohdan qoʻrqqanlarga: “Ey bandalarim, bu kunda sizlarga xavfu xatar yoʻqdir va sizlar aslo g‘am chekmaysizlar”, – deyiladi.
Shubhasiz, Robbimiz yagona Alloh, – deb, soʻngra toʻg‘ri yoʻlda qoim turgan kimsalar uchun xavf yoʻqdir va ular g‘am chekmaydilar.
Ey Muhammad, Od qabilasining birodari Hudni yodga oling! Oʻshanda u qum tepaliklarda qavmini: “Faqat yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar! Men, haqiqatan, sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – deb ogohlantirgan edi. Vaholanki, undan oldin ham keyin ham ogohlantiruvchi payg‘ambarlar oʻtgan edi.
Qasam boʻlsinki, Alloh Rasulining koʻrgan tushini haq bilan tasdiqladi. Ey moʻminlar, inshoalloh, albatta, sizlar Masjid ul-Haromga omonlikda, sochlaringizni qirdirgan yoki qisqartirgan hollaringizda qoʻrqmasdan kirasizlar. Bas, Alloh sizlar bilmagan narsani bilib, Makka fathidan oldin yaqin Xaybar g‘alabasini nasib qildi.
Biz kofirlar aytayotgan gaplarni yaxshi bilamiz. Ey Rasulim, siz ularning ustida dinga majburlovchi emassiz. Bas, ushbu Qurʼon bilan Mening tahdidimdan qoʻrqadigan kishilarga nasihat qiling.
Lekin ular ovqatga qoʻl uzatishmagach, ulardan xavfsiray boshladi. Shunda ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalar taom yemaymiz”, – dedilar va Ibrohimga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishi haqidagi xushxabarni aytdilar.
Lekin ular ovqatga qoʻl uzatishmagach, ulardan xavfsiray boshladi. Shunda ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalar taom yemaymiz”, – dedilar va Ibrohimga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishi haqidagi xushxabarni aytdilar.
Biz kofirlarni halok qilganimizdan soʻng alamli azobdan qoʻrqadigan kimsalarning ibrat olishlari uchun u joyda belgi qoldirdik.
Robbisi huzurida savol-javob uchun turishdan qoʻrqqan kishi uchun ikki bog‘li jannat bordir.
Ular xuddi shaytonning oʻxshashidirlar. Shayton insonga: “Kufr keltir”, – deydi. Bas, agar inson kufr keltirgach, shayton unga: “Men senga aloqador emasman. Zero, men barcha olamlar Robbisi – Allohdan qoʻrqaman”, – deydi.
Biz Hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Bas, kimki Robbisiga iymon keltirsa, demak, u yaxshiliklarning kamayib qolishidan ham, yomonliklarning ortib ketishidan ham xavfi boʻlmaydi.
Yoʻq, aksincha, ular oxiratdan qoʻrqmas edilar.
Ular dunyoda oʻz zimmalariga olgan nazrlarini ado qiladilar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qoʻrqadilar.