Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodorlar uchun goʻzal qaytar joy bordir.
От искомого вами масдар-узак ذ ك ر образовано 292 аятов.
esga oling, va esga oling, zikr qilinishiga, shunday ekan Meni yodga oling, Men ham sizni yodga olaman, zikr qiling (esga oling), Uni zikr qiling, zikr qiling, zikr qilganingizdek, bir zikr bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodorlar uchun goʻzal qaytar joy bordir.
Ushbu Qurʼon olamlar uchun faqat bir eslatmadir.
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, uni yerda chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u suvning vositasida turli ekinlarni chiqaradi, vaqti kelib keyin u quriydi, soʻng siz uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Alloh soʻngra uni quruq choʻpga aylantiradi. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratli eslatma bordir.
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Alloh oyatlari fasohatli boʻlgan goʻzal soʻzni bir-biriga oʻxshagan va hukmlari takrorlanib bir kitob qilib nozil qildi. Undagi oyatlar oʻqilganda Robbilaridan qoʻrqadigan zotlarning tanalari titrab ketadi. Soʻngra badanlari va qalblari Allohning zikriga moyil boʻlib, yumshaydi. Mana shu kitob Allohning hidoyati boʻlib, unga Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qiladi. Kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, unga biror yoʻl koʻrsatuvchi boʻlmaydi.
Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun turli misollarni keltirdik. Shoyad, undan eslatma olsalar.
Qachonki, Allohning yolg‘iz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning yuraklari siqilib ketadi. Qachonki, Undan oʻzga butlar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib ketadilar.
Qachonki, Allohning yolg‘iz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning yuraklari siqilib ketadi. Qachonki, Undan oʻzga butlar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib ketadilar.
U sizlarga Oʻzining borligi va birligiga dalolat qiluvchi alomatlarini koʻrsatadi va sizlarga osmondan rizq yog‘diradi. Lekin bu alomatlardan faqat Allohga koʻp tavba qiladigan kishilargina eslatma oladi.
Kimki biror yomonlik qilsa, unga oxiratda oʻsha yomonligi barobaricha jazo beriladi. Erkakdir, ayoldir kimki moʻmin boʻlgan holida biror yaxshilik qilsa, aynan oʻshalar jannatga kiradilar. U joyda ularga behisob rizq beriladi.
Boshingizga azob tushganda men sizlarga aytayotgan bu soʻzlarimni eslaysizlar. Men oʻz ishimni Allohga topshiraman. Shubhasiz, Alloh bandalarining qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchidir.
Aql egalari uchun hidoyat va eslatma boʻlgan Tavrot kitobini bergan edik.
Koʻzi koʻr bilan koʻradigan odam va iymon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa ham barobar boʻlmaydi. Ey odamlar, juda kam eslatma olasizlar.
Shubhasiz, oʻzlariga eslatma boʻlib kelgan Qurʼonni inkor qilgan kimsalar azobga duchor boʻladilar. Albatta, u aziz kitobdir.
Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohnikidir. U Oʻzi xohlagan narsani yaratadi. U Oʻzi xohlagan kishiga qiz farzandlarni ato qiladi va xohlagan kishiga oʻg‘illarni beradi.
Yoki ularga oʻg‘il va qizlarni juftlab beradi. Shuningdek, Oʻzi xohlagan kishini tug‘mas qilib qoʻyadi. Albatta, U barcha narsani biluvchi – Aʼlim va oʻzi xohlagan narsani qiluvchi – Qodir Zotdir.
Nahotki, haddidan oshgan qavm boʻlganingiz uchun sizdan yuz oʻgirib, eslatmani burib yuborsak?!
Toki sizlar ularning ustiga oʻrnashib olib minasizlar. Keyin unga oʻrnashib olgach, Robbingiz neʼmatini eslab: “Bizlarga bu ulovni boʻysundirib qoʻygan Zot ayb va nuqsonlardan pokdir. Vaholanki, bizlar bunga qodir emas edik”, – deysizlar.
Kimki Rahmonning zikri boʻlgan Qurʼon nasihatlaridan koʻr boʻlib, yuz oʻgirsa, unga shaytonni biriktirib qoʻyarmiz, bas, u unga yaqin hamrohdir.