Albatta, bu Qurʼon siz uchun ham, qavmingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda neʼmat xususida soʻralasizlar.
От искомого вами масдар-узак ذ ك ر образовано 292 аятов.
esga oling, va esga oling, zikr qilinishiga, shunday ekan Meni yodga oling, Men ham sizni yodga olaman, zikr qiling (esga oling), Uni zikr qiling, zikr qiling, zikr qilganingizdek, bir zikr bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, bu Qurʼon siz uchun ham, qavmingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda neʼmat xususida soʻralasizlar.
Ularda qayoqdan ham eslatma olish boʻlsin, holbuki, ularga aniq payg‘ambar kelgan edi.
Bas, ey Muhammad, darhaqiqat, eslatma olishlari uchun Biz bu Qurʼonni sizning tilingiz bilan oson qilib berdik.
Ey Muhammad, havoyi nafsini oʻziga iloh qilib olgan va Alloh uni bilib turib adashtirgan, quloq va koʻnglini muhrlab, koʻziga parda tortib qoʻygan kimsani koʻrdingizmi? Bas, uni Alloh yoʻldan adashtirganidan keyin kim hidoyat qila oladi?! Axir, eslatma olmaysizlarmi?!
Ey Muhammad, Od qabilasining birodari Hudni yodga oling! Oʻshanda u qum tepaliklarda qavmini: “Faqat yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar! Men, haqiqatan, sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – deb ogohlantirgan edi. Vaholanki, undan oldin ham keyin ham ogohlantiruvchi payg‘ambarlar oʻtgan edi.
Munofiqlar, faqat toʻsatdan qiyomat kelib qolishini kutib turibdilar, xolos. Darvoqe, uning baʼzi alomatlari kelib ham qoldi. Bas, ularga qiyomat kelgan vaqtida, eslatma olishlaridan qanday foyda bor?!
Iymon keltirgan kimsalar: “Jihodga buyurilgan biror sura nozil qilinsa edi”, – deydilar. Bas, qachonki, u haqida qatʼiy bir sura nozil qilinib, unda jang zikr qilinsa, dillarida kasallik boʻlgan kimsalarning sizga xuddi oʻlimdan qoʻrqib behush boʻlib qolgan kimsaning nazaridek qarayotganlarini koʻrasiz. Holbuki, ular uchun sizga itoat qilish loyiqroq edi.
Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni turli-tuman xalqlar va qabila va elatlar qilib qoʻydik. Albatta, Alloh nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Biz bularni Allohga qaytuvchi har bir bandaga koʻrgazma va eslatma boʻlishi uchun shunday qildik.
Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.
Biz kofirlar aytayotgan gaplarni yaxshi bilamiz. Ey Rasulim, siz ularning ustida dinga majburlovchi emassiz. Bas, ushbu Qurʼon bilan Mening tahdidimdan qoʻrqadigan kishilarga nasihat qiling.
Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.
Qurʼon bilan eslating, zero, eslatma moʻminlarga manfaat keltiradi.
Qurʼon bilan eslating, zero, eslatma moʻminlarga manfaat keltiradi.
Bas, ey Muhammad, insonlarga Qurʼon oyatlari bilan eslatma beravering, chunki siz Robbingizning neʼmati sababli kohin ham, majnun ham emassiz.
Erkak jinsi sizlarniki-yu, ayol jinsi U Zotnikimi?!
Bas, ey Muhammad, Bizning eslatmamizdan yuz oʻgirib ketgan va faqatgina oʻtkinchi dunyo hayotini istagan kimsalardan voz keching.
Shubhasiz, erkak va ayol juftlarni ham yaratgan Uning Oʻzidir.
Biz toʻfon asoratini bir belgi qilib qoldirdik. Bas, bulardan eslatma oluvchi bormi?!
Haqiqatan, Biz Qurʼonni eslatma uchun oson qilib qoʻydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!