Ey Muhammad, Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot hamda saf tizilgan qushlar tasbeh aytishini koʻrmadingizmi? Har biri oʻz duosini va tasbehini biladi. Alloh esa, ularning qilayotgan barcha ishlarini biluvchidir.
От искомого вами масдар-узак ر أ ي образовано 328 аятов.
ko'rgunlaricha, va sizga ko'rsatadi, va bizga ko'rsat, ko'ryapmiz, ko'rganlarida, ko'rganlari, ko'rdilar, ularga ko'rsatadi, ko'rmadingmi?, menga ko'rsat
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey Muhammad, Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot hamda saf tizilgan qushlar tasbeh aytishini koʻrmadingizmi? Har biri oʻz duosini va tasbehini biladi. Alloh esa, ularning qilayotgan barcha ishlarini biluvchidir.
Allohning bulutlarni haydashini, soʻngra ularning orasini birlashtirishini, soʻngra uni ustma-ust qilib qoʻyishini koʻrmadingizmi? Soʻngra bulut orasidan yomg‘ir chiqayotganini koʻrasiz. Alloh osmondan va undagi bulutlar tog‘idan doʻl yog‘dirib, uni Oʻzi xohlagan kishilarga yetkazadi va Oʻzi xohlagan kishilardan nari ketkazadi. Chaqmog‘ining yorug‘ligi esa koʻzlarni ketkazib yuborgudek boʻladi.

Doʻzax ularni uzoqdan koʻrishi bilan zolimlar uning g‘azabli qaynashini va dahshatli shovqinini eshitadilar.
Bizga duch kelishni umid qilmaydiganlar: “Bizga payg‘ambar oʻrniga farishtalar tushirilsa edi yoki biz Robbimizni koʻzlarimiz bilan koʻrsak edik”, – deydilar. Darhaqiqat, ular haddan oshdilar va juda katta ketdilar.
Ular farishtalarni koʻradigan qiyomat kunida jinoyatchilar uchun u kun hech qanday xushxabar yoʻqdir. Farishtalar ularga: “Sizlarga xushxabar butunlay haromdir”, – deydilar.
Aniqki, ular safar chog‘larida yomon toshli yomg‘ir yog‘dirilgan shahardan oʻtgandirlar. Axir, uni koʻrib ibrat olmaganmilar?! Yoʻq, ular qayta tirilishga umid qilmaydigan kimsalardir.
Ey Muhammad, qachonki, ular sizni koʻrsalar: “Alloh mana shu odamni payg‘ambar qilib yubordimi?!” deb masxara qiladilar.
Yana ular: “Agar chidab qattiq turmaganimizda, chindan ham u bizlarni ilohlarimizdan ozdirishiga oz qoldi”, – deydilar. Yaqinda, alamli azobni koʻrgan paytlarida kim yoʻldan adashganroq ekanini bilib oladilar.
Ey Rasulim, koʻrdingizmi, kim havoyi nafsini iloh qilib olgan boʻlsa, endi siz uning ustida vakil boʻlarmidingiz?!
Robbingiz soyaning qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Agar xohlasa, uni qimirlatmay qoʻygan boʻlar edi. Soʻngra soyaning mavjudligini nurga bog‘ladik va quyoshni unga dalil qildik.
Axir ular yerga qarab, unda barcha turdagi chiroyli oʻsimliklardan qanchasini undirib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?!
Bas, ikki jamoa bir-birlarini koʻrgan paytda Musoning odamlari: “Bizlar aniq ushlandik”, – dedilar.
Ibrohim ularga: “Sig‘inayotgan narsalaringiz haqida oʻylab koʻrdingizlarmi?” – dedi.
Kofirlar to alamli azobni koʻrmagunlaricha, unga iymon keltirmaydilar.
Ey Muhammad, koʻrdingizmi, agar ularni yillar davomida dunyo hayotidan bahramand qilsak ham,
U sizni namoz uchun turayotgan vaqtingizda koʻrib turadigan Zotdir.
Ularning oʻzlariga yoqib qolgan narsalarni koʻkka koʻtarib, har vodiyda daydib yurishlarini koʻrmadingizmi?!
Ey Muso, asongni tashla. Bas, qachonki, Muso asosining xuddi u ilondek harakat qilayotganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. Shunda Biz unga: “Ey Muso, qoʻrqmagin! Zero, Mening huzurimda payg‘ambarlar qoʻrqmaydi”, – dedik.
U qushlarni koʻzdan kechirdi va ularning orasida hudhudga koʻzi tushmagach: “Nega men hudhudni koʻrmayapman yoki u beruxsat koʻzdan g‘oyib boʻluvchilardan boʻldimi?” – dedi.