Bas, barcha narsaning toʻliq mulki Uning qoʻlida boʻlgan Zot barcha nuqsonlardan pokdir. Hammangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
От искомого вами масдар-узак ر ج ع образовано 104 аятов.
qaytadi, qaytarilasiz, qaytadilar, qaytamiz, qaytganingiz, qaytariladi, yana bir-birlariga qaytishlarida, qaytariladiganingiz, qaytishingiz, qaytadilar
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bas, barcha narsaning toʻliq mulki Uning qoʻlida boʻlgan Zot barcha nuqsonlardan pokdir. Hammangiz Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Soʻngra ularning qaytar joylari, albatta, doʻzax tomon boʻladi.
Agar sizlar kufr keltirsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Agar iymon keltirib shukr qilsangizlar U sizlardan rozi boʻladi. Hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi boshqa gunoh yukini koʻtaruvchining yukini koʻtarmaydi. Soʻngra qaytishlaringiz Robbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga dunyoda qilib oʻtgan amallaringizning xabarini beradi. Shubhasiz, U koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Barcha shafoat faqat Allohga xosdir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham Unikidir. Soʻngra oxiratda barchalaringiz Uning huzuriga qaytarilasizlar”, – deng.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Bas, agar sizga oʻsha kofirlarga vaʼda qilayotgan azobdan baʼzilarini koʻrsatsak ham yoki sizni azob tushishidan oldinroq vafot ettirsak ham, bas, faqat Oʻzimizga qaytariladilar.
Ular terilariga: “Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?” – deydilar. Terilari: “Har bir narsani gapirtirgan Alloh bizni ham gapirtirdi. U Zot sizlarni ilk bor yaratgan va yana Uning huzuriga qaytarilyapsizlar”, – deydilar.
Qasam boʻlsinki, agar unga biror qiyinchilikdan keyin Oʻz tomonimizdan biror marhamatni tottirsak, albatta, u: “Bu yolg‘iz oʻzimdan. Men qiyomat qoim boʻladi deb, oʻylamayman. Agar qiyomat boʻlib, men Robbimga qaytarilsam ham shubhasiz, Uning dargohida men uchun goʻzal mukofot boʻladi”, – deydi. Bas, albatta, kufr keltirgan kimsalarga qilgan amallarining xabarini beramiz va albatta, ularga qattiq azobdan tottiramiz.
Ibrohim bu nasihatni zora haqqa qaytsalar deb, oʻz ortidan zurriyotiga boqiy qoluvchi soʻz qildi.
Biz ularga qaysi bir moʻʼjizani koʻrsatsak, albatta, u oʻzidan oldingi sherigidan kattaroq boʻlar edi. Shoyad kufrdan iymonga qaytsalar, deb ularni azobga tutdik.
Osmonlar va Yer hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning hukmronligiga ega boʻlgan Zot barakatlidir. Qiyomat soati haqidagi ilmi ham yolg‘iz Uning huzuridadir va barchangiz Ungagina qaytarilasizlar.
Kimki yaxshilik qilsa, bas, oʻz foydasigadir. Kimki yomonlik qilsa, bas, u oʻz zararigadir. Soʻngra qiyomatda Robbingizga qaytarilasizlar.
Ey Makka ahli, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq va shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad toʻg‘ri yoʻlga qaytsalar, deb oyatlarni batafsil bayon qilgan edik.
Bizlar oʻlib, tuproqqa aylanganimizda yana qayta tirilamizmi?! Bu juda aqldan uzoq qaytishdir!
Qani, rostgoʻy boʻlsangizlaru, oʻsha jonni qaytara olsangizlar!
Osmonlar va Yerning hukmronligi Unikidir. Barcha ishlar faqat Allohga qaytariladi!
U kunda munofiq va munofiqalar iymon keltirgan kimsalarga qarab: “Toʻxtab turinglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, – desalar, ularga: “Ortingizga qaytib nur istanglar”, – deyiladi. Keyin ular bilan moʻminlar oʻrtasida darvozali bir devor uriladi. Uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob boʻladi.
Ey moʻminlar, qachonki, sizlarga Makka kofirlari tomonidan moʻminalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ularni imtihon qilib koʻringlar! Alloh ularning qalblaridagi iymonlarini juda yaxshi biluvchidir. Bas, agar ularning chindan ham moʻmina ekanliklarini bilsangiz, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! Bular endi kofirlar uchun halol emas va u kofirlar bu ayollar uchun halol emasdir. Sizlarning oldingizda qolgan moʻminalarning Makkada qolgan kofir erlariga mana shu xotinlari uchun sarflagan mahrlarini erlariga qaytarib beringlar. Qachonki, ularga mahrlarini bersangizlar keyin ularni nikohlaringizga olishda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shuningdek, sizlar ham xotinlaringiz kofira boʻlgan hollarida kofirlar bilan qolishni istasa, ularning yoʻllarini toʻsib, nikohlaringizda saqlamanglar va kofir ayollarning qoʻllarini tutmanglar. Oʻzlaringiz sarflagan mahrni ulardan talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini moʻminlardan talab qilsinlar! Bu Allohning hukmidir. U sizlarning oʻrtangizda hukm qiladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ular: “Qasam boʻlsinki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni u yerdan quvib chiqaradi”, – deydilar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg‘ambariniki va moʻminlarnikidir. Lekin munofiqlar buni bilmaydilar.
U yetti osmonni qavatma-qavat qilib yaratgan Zotdir. Siz Rahmonning yaratishida biror tafovut va nuqsonni koʻrmaysiz. Bas, koʻzingizni yana osmonga qaytarib koʻring-chi, biror kamchilik koʻrarmikansiz?
Soʻngra koʻzingizni qayta-qayta osmonga qarating, koʻzingiz sizga xorib, charchagan holda qaytadi.