Oʻz qadrini pastga urgan kishigina Ibrohimning dinidan yuz oʻgiradi. Albatta, Biz dunyoda Ibrohimni payg‘ambar qilib tanlab oldik hamda, shubhasiz, u oxiratda solih bandalardandir.
От искомого вами масдар-узак ر غ ب образовано 8 аятов.
yuz o'giradi, va istaysiz, ragbat qilamiz, tashvishiga tushishlari, yuz o'girmoqdamisiz?, umid qilib, istaymiz, iltijo qil yolvor
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oʻz qadrini pastga urgan kishigina Ibrohimning dinidan yuz oʻgiradi. Albatta, Biz dunyoda Ibrohimni payg‘ambar qilib tanlab oldik hamda, shubhasiz, u oxiratda solih bandalardandir.
Ey Rasulim, sizdan xotinlarning hukmlari haqida fatvo soʻraydilar. Fatvo soʻrayotganlarga: “Ular haqida Alloh sizlarga qoʻlingizdagi kitobda tilovat qilib berilgan oyatlar orqali fatvo bermoqda. Qurʼonda yetim qizlar xususida ularga farz qilib qoʻyilgan mahrlarini bermasdan nikohga olishni koʻzlashingiz haromligini hamda qaramoqsiz qolgan ojiz bolalar va yetimlarning haqlarida adolatda boʻlishingiz borasida aytib oʻtilgan”, – deb ayting. Yaxshi amallardan boʻlgan nima ishni qilayotgan boʻlsangiz, Alloh, albatta, uni bilib turuvchi Zotdir.
Agar ular Alloh va payg‘ambari ularga bergan narsaga rozi boʻlib: “Alloh biz uchun kifoya qiladi. Yaqinda Alloh va payg‘ambari bizga oʻz fazlu karamidan beradi, shubhasiz, biz Allohga intiluvchi kishilarmiz”, – deganlarida oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi.
Madina aholisi va ularning atrofidagi aʼrobiylar uchun Rasulullohdan ortda qolishlari va undan kechib oʻzlarini undan ustun qoʻyishlari toʻg‘ri ish emas edi. Shunday boʻlish kerakligining boisi ularga Alloh yoʻlida biror bir tashnalik, mashaqqat yoki ochlik yetsa-da hamda kofirlarni achchiqlantiradigan qadam bossalar va dushmanga qarshi biror musibat yetkazib zafar quchsalar, albatta, ularga shu sababli solih amal yoziladi. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning mukofotini zoe qilmaydi.
Otasi unga: “Ey Ibrohim, sen mening ilohlarimdan yuz oʻgiruvchimisan?! Qasam boʻlsinki, agar sen bu gaplaringdan tiyilmasang, albatta, seni toshboʻron qilaman va yoki boʻlmasa meni butunlay tark et!” – dedi.
Bas, uning duosini ham mustajob qildik va unga Yahyoni hadya qildik. Hamda juftini tug‘adigan qilib oʻnglab qoʻydik. Darhaqiqat, bu payg‘ambarlar yaxshi ishlarni qilishda shoshilar, umid va qoʻrquv bilan Bizga duo qilar va Bizga itoat qiluvchi zotlar edi.
Shoyadki, Robbimiz bizlarga bu bog‘dan ham yaxshirog‘ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Robbimiz tomon intiluvchidirmiz.
Robbingizga rag‘bat bilan iltijo qiling!