Chiroyli ish qilganlarga yanada goʻzallik boʻlgan jannat va bundan tashqari Alloh jamolini koʻrishdek ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamaydi. Aynan oʻshalar jannat egalaridir, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
От искомого вами масдар-узак ر ه ق образовано 10 аятов.
o'ramaydi, va o'raydi, menga chiqarma, ularga o'rashidan, ularni qoplaydi, ularni o'ragan, shimo'riqlikni, yomonlik qilinishidan, uni o'rataman
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Chiroyli ish qilganlarga yanada goʻzallik boʻlgan jannat va bundan tashqari Alloh jamolini koʻrishdek ziyodalik bordir. Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamaydi. Aynan oʻshalar jannat egalaridir, ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Alloh qaytargan yomon ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga uning barobaricha jazo beriladi va ularni xorlik qoplaydi. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi ham yoʻq. Ularning yuzlari xuddi zulmatli tunning bir boʻlagi bilan qoplangandek timqaro boʻladi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Muso unga: “Meni unutib qilgan ishim uchun ayblama hamda ilm oʻrganishdagi ishimda meni qiyinchilikka solma”, – dedi.
Haligi oʻldirilgan bolaning esa, ota-onalari moʻmin kishilar edilar. Bas, biz u bola kelajakda tug‘yon va kufr yoʻlida yurib ularni qiynab qoʻyishidan qoʻrqdik.
Oʻshanda ularning koʻzlari qoʻrqinchda va ularni xorlik egallagan boʻladi. Ular dunyo hayotida sog‘lom boʻlgan hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar.
Koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik ularni egallab olgan hollarida chiqib keladilar. Mana shu ularga vaʼda qilib yurilgan kundir.
Insdan boʻlgan ayrim kishilar jindan boʻlgan kimsalardan panoh tilashardi, Bas, insonlar u jinlarning yomonligini yanada ziyoda qildilar.
Biz Hidoyatni eshitgan paytimizda unga iymon keltirdik. Bas, kimki Robbisiga iymon keltirsa, demak, u yaxshiliklarning kamayib qolishidan ham, yomonliklarning ortib ketishidan ham xavfi boʻlmaydi.
Yaqinda Men uni mashaqqatli dovonga mubtalo qilaman.
U yuzlarni qarolik qoplagandir.