Sehrgarlar belgilangan joyga kelganlarida firʼavnga: “Agar albatta, biz g‘olib chiqsak, bizlar uchun bir mukofot bormi?” – dedilar.
От искомого вами масдар-узак س ح ر образовано 63 аятов.
sehrini, saharlarda, bir sehrdan, bir sehrdir, bir sehrgardir, sehrgarlarni, sehrgarlar, sehr qildilar, bir sehr, bizni sehr qilish uchun
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Sehrgarlar belgilangan joyga kelganlarida firʼavnga: “Agar albatta, biz g‘olib chiqsak, bizlar uchun bir mukofot bormi?” – dedilar.
Bas, birdan sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga yiqildilar.
Firʼavn g‘azablanib: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Albatta, u Muso sizlarga sehr oʻrgatgan kattangizdir. Bas, yaqinda bilasizlar. Ont ichamanki, qoʻl-oyoqlaringizni chappasiga kesib tashlayman, keyin barchangizni olomon oldida osib qoʻyaman”, – dedi.
Ular payg‘ambarlariga: “Sen aniq sehrlangan kimsalardansan”, – dedilar.
Ular Shuʼaybga: “Chindan ham, sen sehrlangan kimsalardansan”, – dedilar.
Bas, qachonki, moʻʼjizalarimiz ularga ochiqchasiga koʻrinuvchi holda yetib kelganda, ular: “Bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Bas, qachonki, Muso ularga aniq moʻʼjizalarimiz bilan kelgach, ular: “Bu toʻqima sehrdan boshqa narsa emas. Bu narsani avvalgi ota-bobolarimiz zamonida roʻy berganini eshitgan emasmiz”, – dedilar.
Bas, qachonki, ularga huzurimizdan haq payg‘ambar kelgach esa, ular: “Muhammadga ham Musoga berilgan moʻʼjizaviy narsalar berilganida edi bizlar unga ergashgan boʻlardik”, – dedilar. Axir, ular ilgari Musoga berilgan narsani ham inkor qilmaganmidilar?! Ular: “Tavrot va Qurʼon bir-birini qoʻllab-quvvatlaydigan ikki sehrdir, biz ularning hammasini inkor qiluvchilarmiz”, – dedilar.
Qachonki, ularga oyatlarimiz ravshan holda tilovat qilinsa, ular: “Bu Muhammad faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib oʻtgan narsalardan toʻsishni xohlaydigan kimsadir”, – deydilar. Buning ustiga yana: “Bu Qurʼon faqat toʻqilgan bir uydirmadir”, – deydilar. Kufr keltirgan kimsalar oʻzlariga haq boʻlgan Qurʼon kelgan paytda: “Bu kitob aniq bir sehrdan iboratdir”, – deydilar.
Bu oyatlar faqat aniq bir sehrdir, deydilar.
Makka mushriklari ularga oʻzlaridan ogohlantiruvchi bir payg‘ambar kelganidan ajablandilar. Kofirlar: “Bu bir yolg‘onchi sehrgardir”, – dedilar.
Muso payg‘ambarni firʼavn, Homon va Qorun oldiga yubordik. Ular: “Muso yolg‘onchi va sehrgardir”, – dedilar.
Lekin ularga haq Qurʼon kelgan paytda: “Bu sehrdir, bizlar uni inkor qiluvchilarmiz kofirdirmiz”, – dedilar.
Ular moʻʼjizalarni koʻrganlarida: “Ey sehrgar, duoyingni qabul qilishi xususidagi senga bergan ahdiga binoan Robbingga bizlar uchun duo qil bizlarni azobdan xalos qilsin, shunda biz albatta, hidoyat topuvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Qachon ularga oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kufr keltirgan kimsalar haq Qurʼon toʻg‘risida u oʻzlariga kelgan paytda: “Bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Saharlarda ular qilgan xatolari uchun Allohdan mag‘firat soʻrar edilar.
U oʻz arkoni davlatiga suyanib, Allohga iymon keltirishdan yuz oʻgirdi va yonidagilarga: “Muso sehrgar yoki bir majnundir”, – dedi.
Xuddi shuningdek, Makka mushriklaridan avvalgi kofirlarga biror payg‘ambar kelsa, ular ham, albatta, uni sehrgar yoki majnun, der edilar.
Qani, bu ham sehrmi yoki sizlar koʻrmayapsizlarmi?!
Agar Quraysh kofirlari yana biror moʻʼjiza koʻrsalar, yuz oʻgiradilar va: “Bu davom etayotgan sehr-ku!” deydilar.