Albatta, munofiqlar doʻzaxdagi eng pastki tabaqada boʻladilar. Ularga yordam beradigan hech kimni topa olmaysiz.
От искомого вами масдар-узак س ف ل образовано 10 аятов.
eng past, pastroq edi, past, ostiga, ost tomoningizdan, pastlardan, pastlar, pastlarning, pastigacha
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, munofiqlar doʻzaxdagi eng pastki tabaqada boʻladilar. Ularga yordam beradigan hech kimni topa olmaysiz.
Ikki jamoa toʻqnashgan paytda sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, u mushriklar esa vodiyning chekka tomonida ekanini eslanglar. Sizlar oʻlja qilib olmoqchi boʻlgan karvon esa sizdan pastroqda edi. Bordi-yu mushriklar bilan jang qilish uchun oldindan vaʼdalashgan boʻlsangiz ham, baribir muayyan vaqt va joy haqida kelisha olmay ixtilof qilgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh jangda halok boʻlganlar ham dalil bilan halok boʻlishlari, hayotda qolganlar ham dalil bilan tirik qolishlari uchun ishni tamomiga yetkazish maqsadida sizlarni dushman bilan toʻsatdan toʻqnashtirib qoʻydi. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Agar sizlar Muhammad payg‘ambarga yordam qilmasangiz ham, darhaqiqat, Alloh unga yordam qilgan. Oʻshanda kufr keltirganlar uni bir hamrohi bilan, yaʼni ikki kishining biri boʻlgan holida uni yurtlari boʻlgan Makkadan chiqarganlarida, ikkovlari g‘orda turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamrohi Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Tashvishlanma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!” – deb aytgan edi. Keyin Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va sizlar uni koʻrmagan lashkarlar bilan uni qoʻlladi. Shuningdek, kufr keltirganlarning botil soʻzini tuban qildi. Allohning soʻzi esa, u eng oliydir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Farmonimiz boʻlgan halokat kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan iborat qizitilgan toshlarni ketma-ket yog‘dirdik.
Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan iborat qizitilgan toshlarni ketma-ket yog‘dirdik.
Oʻshanda ular sizlarning ustingizdan ham, sizlardan quyi tomondan ham bostirib kelgan edilar. Oʻsha payt koʻzlar tinib, yuraklar halqumga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida turli xil gumonlar qila boshlagan edingizlar.
Bas, ular Ibrohimga makr qilmoqchi boʻldilar. Biz esa ularni eng tubanlardan qildik.
U kunda kufr keltirgan kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni toʻg‘ri yoʻldan adashtirgan insu jindan iborat kimsalarni bizlarga koʻrsat, ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki ular doʻzaxdagi eng tuban kimsalardan boʻlsinlar”, – deydilar.
Soʻngra qarigan sari, uni asfala sofilinga qaytardik.
Soʻngra qarigan sari, uni asfala sofilinga qaytardik.