95:1
Anjir va zaytunga qasam boʻlsin.
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,95-я сура,8 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Anjir va zaytunga qasam boʻlsin.
Siyno tog‘i bilan qasam boʻlsin.
Mana shu tinch-osoyishta Makka shahriga qasam boʻlsin.
Haqiqatan, Biz insonni eng goʻzal tuzilishda yaratdik.
Soʻngra qarigan sari, uni asfala sofilinga qaytardik.
Faqat, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr bordir.
Bas, ey inson! Shundan keyin jazo kunini yolg‘onga chiqarishga seni nima majbur etmoqda?!
Axir, Alloh oʻsha kunda hukm qiluvchilarning eng adolatlisi emasmi?!