Ikki dengiz teng boʻlmaydi. Bunisi shirin-totli va yutumli, unisi esa shoʻr-nordondir. Sizlar ularning har biridan yangi baliq goʻshtini tutib yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olasizlar. Allohning fazlidan istashlaringiz uchun suvni yorib ketayotgan kemalarni koʻrasizlar. Shoyad, bularga shukr qilsangizlar.

