Munofiqlar bu soʻzlari bilan Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi boʻladilar. Lekin sezmagan hollarida faqatgina oʻzlarini aldaydilar.
От искомого вами масдар-узак ش ع ر образовано 40 аятов.
xabardor, tushunuvchilardan, siz xabardor, belgilari, Mash'ari, xabardor emaslar, belgilariga, anglab, ammo xabardor emaslar, xabardor bo'lmagan holda
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Munofiqlar bu soʻzlari bilan Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi boʻladilar. Lekin sezmagan hollarida faqatgina oʻzlarini aldaydilar.
Ogoh boʻling, ey moʻminlar, aynan ularning oʻzlari fasod tarqatuvchi kimsalardir. Lekin oʻzlari buzg‘unchi ekanliklarini sezmaydilar.
Alloh yoʻlida oʻldirilgan shahidlarni “oʻlikdirlar”, – deb aytmanglar. Aksincha, ular tirikdirlar, lekin sizlar ularni tirik ekanligini sezmaysizlar.
Albatta, Safo va Marva tepaliklari Allohning insonlar uchun qilgan shiorlaridandir. Agarda kimda-kim Allohning uyini haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida saʼy qilib yurishining gunohi yoʻqdir. Hamda kim koʻngildan nafl tariqasida bir xayr qilsa, savobini oladi va albatta, Alloh shukrni qabul qiluvchi – Shokir va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Haj mavsumida Robbingizdan fazlu barakat tilab, tijorat qilishingizda sizlarga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Arofatdan toʻp-toʻp boʻlib Muzdalifaga tushganingizda Mashʼar ul-Harom degan joyda Allohni zikr qilinglar. Sizlarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilgani uchun Uni eslanglar. Garchi Islomdan avval toʻg‘ri yoʻldan adashib yurgan edingizlar.
Ahli kitobdan boʻlgan bir toifa sizlarni haq diningizdan adashtirishni xohlaydi. Ammo ular oʻzlari sezmagan hollarida, faqat oʻzlarinigina adashtiradilar.
Ey iymon keltirganlar, Allohning hajga doir belgilarini, jang qilish harom qilingan oylarni, qurbonlik uchun keltirilgan hadyalarni, qurbonlikka atalganini bildirish maqsadida ularga ilib qoʻyilgan taqinchoqlarni hamda Robbilaridan fazlu karam va rozilik istab Bayt ul-Haromga niyat qilib keluvchilar haqini poymol qilishni oʻzingizga halol deb hisoblamanglar. Ehromdan chiqib halol boʻlgach, bemalol ov qilaveringlar. Sizlarni Masjid ul-Haromga borishga qarshilik koʻrsatgan qavmning xusumati ularga dushmanlik qilishingizga jalb qilmasin. Sizlar, faqat ezgulik va taqvo yoʻlida koʻmaklashinglar, gunoh va dushmanlik yoʻlida esa hamkorlik qilmanglar. Allohdan qoʻrqinglar va Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.
Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Agar ularga biron bir oyat kelsa, albatta, iymon keltirishlariga doir jon-jahd bilan Allohga qasam ichadilar. Ey Rasulim, ularga: “Shubhasiz, oyatlar Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Ularga oyat va moʻʼjizalar kelganda ham iymonga kelmasliklarini sezmayapsizmi?
Shuningdek, har bir shahar va qishloqlarda u yerda nayrang qilishlari uchun eʼtibori katta odamlarni jinoyatchilar qilib qoʻydik. Ular oʻzlari sezmagan hollarida faqat oʻzlariga nayrang qilmoqdalar.
Soʻngra yomonlikning oʻrniga yaxshilikni almashtirganmiz. Nihoyat ularning mol-davlatlari koʻpayib ketib: “Ota-bobolarimizga ham shunday mashaqqat va xursandchilik kunlari kelgan edi”, – dedilar. Shundan soʻng birdaniga oʻzlari sezmagan holda ularni azobga tutdik.
Bas, otalarini ishontirib uni olib ketishgach, uni quduqning qaʼriga tashlashga kelishib olishdi hamda Yusufni quduqqa tashlab yubordilar. Shu payt Biz unga: “Vaqti kelganda u akalaringga bu qilgan ishlari toʻg‘risida, albatta, xabar berasan. Lekin ular asl haqiqatni sezmaydilar”, – deb vahiy qildik.
Yoki ular Allohning azobidan bir qurshab oluvchi balo kelib qolishidan yo ularga toʻsatdan oʻzlari sezmagan hollarida qiyomat soati kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!
Ular oʻlikdirlar, jonli emaslar. Oʻzlariga sig‘inayotgan mushriklarning qachon qayta tirilishlarini ham his qilmaydilar.
Darhaqiqat, ulardan oldingi kofirlar ham oʻz payg‘ambarlariga shunday makrlarni qilgan edilar. Shunda Alloh ularning tuzgan makr binolarining poydevorlari bilan yiqitdi. Bas, binolarining tomi ularning ustlariga quladi va oʻzlari sezmagan tarafdan ularga azob keldi.
Makr ishlatib yomonliklarni qilganlar Alloh ularni yerga yuttirib yuborishidan yoki sezmagan tomonlaridan ularga azob kelib qolishidan qoʻrqmay xotirjam boʻldilarmi?!
Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan safar qilib koʻchib oʻtadigan kuningizda va yetib kelib joylashadigan kuningizda uni yengil koʻtarib keta oladigan chodir uylar qildi. Hamda qoʻylarning junlaridan, tuyalarning yunglaridan va echkilarning qillaridan maʼlum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va ashyolar qildi.
Oʻzaro savol-javob qilishlari uchun ularni qanday uxlatib qoʻygan boʻlsak ana shunday uyg‘otdik. Ulardan biri: “Qancha muddat uyquda qoldingiz?, – dedi. Ularning ayrimlari: “Bir kun yoki yarim kun”, – dedilar. Baʼzilari esa: “Qancha uxlab qolganimizni faqat Robbingiz toʻg‘ri biluvchiroq, endi bir kishini mana shu pulingiz bilan shaharga yuboringlar u eng pokiza taomlarni qarab undan sizlarga ozuqa olib kelsin. U diqqatli boʻlsin va sizlarni birovga sezdirib qoʻymasin”, – dedilar.
Ular: “Muhammad vahiy deb daʼvo qilayotgan soʻzlar, balki, alg‘ov-dalg‘ov tushlardir, balki, uni oʻzi toʻqib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, u ham avvalgi yuborilgan payg‘ambarlar kabi bizga biror moʻʼjiza keltirsin!” – dedilar.
Mana shunday, kimki Allohning qonunlarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvodorligi sababidandir.