Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
От искомого вами масдар-узак إِسْرَائِيل образовано 43 аятов.
Isroil, Isroilning, va Isroil (Ya'qub)
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga avvallari inʼom etgan neʼmatimni esga olinglar. Menga bergan ahdga vafo qilinglar, shunda Men ham sizga bergan ahdga vafo qilaman. Hamda yolg‘iz Mendangina qoʻrqinglar.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga inʼom etgan neʼmatlarimni va bir paytlar sizlarni boshqa qavmlarga koʻra olamlarga ustun qilib qoʻyganimni yodga olinglar!
Bir paytlar bani Isroil avlodlaridan, “Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaysiz, ota-onaga, qavm-qarindoshga, yetim-yesirlarga va miskinlarga yaxshilik qilasizlar hamda odamlarga muloyim boʻlib, chiroyli gaplar aytasizlar, namozni toʻliq ado etasizlar, zakot berasizlar”, – deb ahd olgan edik. Siz bu ahdlashuvdan keyin yuz oʻgirib ketdingiz, faqat sizdan ozgina qismingiz ahdiga vafo qildi. Sizlar haligacha haqiqatdan yuz oʻgiruvchi kimsalarsiz.
Ey bani Isroil avlodlari, bir paytlar sizlarga bergan neʼmatlarimni va sizlarni olamdagi ummatlar uzra afzal qilib qoʻyganimni yodga olinglar.
Ey Muhammad, bani Isroil avlodlaridan, ularga oldin qanchadan-qancha ochiq-oydin oyat va moʻʼjizalar berganimizni soʻrang. Kimki Allohning neʼmati kelganidan keyin uni kufrga oʻzgartirsa, bas, shubhasiz, Alloh jazosi qattiq boʻlgan Zotdir.
Ey Rasulim, bani Isroil avlodlarining Muso payg‘ambardan keyingi nufuzli jamoasi haqidagi xabarlarini eshitib koʻrmadingizmi? Oʻshanda ular payg‘ambarlariga qarata: “Bizlarga bir podshoh tayin qilib yuborgin va biz u bilan birga Alloh yoʻlida jang qilaylik”, – degan edilar. Payg‘ambar ularga: “Balki, sizlarga urush farz qilinib yozilsa, jangga chiqib urush qila olmassiz”, – degan edi. Ular: “Yurtimizdan haydab chiqarilgan va farzandlarimizdan ajralib qolganmiz-ku, nima uchun Alloh yoʻlida jang qilmas ekanmiz?” – deb aytganlar. Vaqtiki, ularga urush farz qilingach oz kishi mustasno, qolganlari bu ishdan yuz oʻgirdilar. Alloh zolim kimsalarni bilib turuvchi Zotdir.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Tavrot kitobi nozil qilinmasdan burun Isroilning maʼlum sabablarga koʻra oʻziga harom qilganidan tashqari barcha taomlar bani Isroil avlodlariga halol qilingan edi. Ey Rasulim, ularga “Agar soʻzingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda Tavrotni keltirib, uni oʻqib koʻringlar”, – deb ayting.
Tavrot kitobi nozil qilinmasdan burun Isroilning maʼlum sabablarga koʻra oʻziga harom qilganidan tashqari barcha taomlar bani Isroil avlodlariga halol qilingan edi. Ey Rasulim, ularga “Agar soʻzingizda rostgoʻy boʻlsangiz, unda Tavrotni keltirib, uni oʻqib koʻringlar”, – deb ayting.
Haqiqatan, Alloh bani Isroil avlodlarining qatʼiy ahdu paymonini oldi. Biz ularning orasidan oʻn ikki boshliqni tanlab yubordik. Shunda Alloh ularga: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozlarni toʻla toʻkis ado etsangiz, zakot bersangiz, Rasullarimga iymon keltirsangiz, ularga yordam bersangiz, Alloh yoʻliga chiroyli qarz bersangiz, shunda sizlarning gunohlaringizdan oʻtaman va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizaman. Shundan keyin ham kimki kufr keltirsa, shubhasiz, toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.
Mana shu hodisa tufayli bani Isroil avlodlariga shu hukmni yozib qoʻydik. Unga koʻra, agar kimda-kim biror odamni nohaq oʻldirmagan, Yer yuzida buzg‘inchilik qilmagan begunoh kimsani oʻldirsa, goʻyo u hamma insonlarni oʻldirgandek boʻladi. Shuningdek, kimki begunohlarni oʻldirmay hayotini qutqarsa, xuddi u barcha insonlarning hayotini qutqargandek boʻladi. Darhaqiqat, ularga Rasullarimiz ochiq-oydin dalillarni keltirganlar. Soʻngra shundan keyin ham, ulardan aksariyati Yer yuzida haddidan oshib, isrof qiluvchilardir.
Darhaqiqat, bani Isroil avlodlarining ahd-paymonini oldik hamda ularga Rasullar yubordik. Har gal ularga bir payg‘ambar nafslari istamagan amrlarni olib kelsa, bir qismini yolg‘onchiga chiqardilar va bir qismini esa oʻldirardilar.
Alloh bu Maryam oʻg‘li Masihdir, degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Vaholanki, Masih ularga: “Ey bani Isroil avlodlari, mening ham Robbim sizlarning ham Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – degan edi. Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilgandir va joyi doʻzaxdir. Zolimlar uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar yoʻqdir.
Bani Isroil avlodlaridan kufr keltirgan kimsalar Dovud payg‘ambar va Maryam oʻg‘li Iso tili bilan laʼnatlanganlar. Bu ularning isyon qilib hadlaridan oshganlari sababidandir.
Alloh oʻsha kunda: “Ey Maryam oʻg‘li Iso, senga va volidangga bergan neʼmatlarimni xotirlagin. Oʻshanda seni Ruh ul-Qudus boʻlgan Jabroil bilan qoʻllagan edim. Odamlarga beshikda ekaningda ham, navqiron chog‘ingda ham gapirarding. Hamda senga yozish va hikmat ilmini hamda Tavrot va Injilni oʻrgatdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini oʻxshatib yasar, keyin unga puflarding va u Mening iznim bilan haqiqiy bir qush boʻlib qolar edi. Mening iznim bilan tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzatar eding. Mening iznim bilan oʻliklarni ham tiriltira olar eding. Ularga ochiq-oydin dalillar bilan kelganingda ular orasidagi kufr keltirgan kimsalar: “Bu aniq sehrdir”, – degan edilar. Oʻshanda bani Isroil avlodlarining yomonligidan seni toʻsib qolganimni ham yodga ol”, – deydi.
Alloh haqida faqat toʻg‘ri soʻzdan boshqani aytmaslik zimmamdagi haq vazifadir. Soʻzlarimning isboti uchun, shubhasiz, sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin dalilni keltirdim. Shunday ekan, oʻzingga qul qilib olgan bani Isroil avlodlarining yurtlari boʻlgan Shom diyoriga men bilan birga yuborgin.
Ularning ustiga shiddatli azob tushgach: “Ey Muso, senga bergan ahdi haqi bizlar uchun Robbingga duo qil, bizlardan bu baloni olib tashlasin! Agarda bizlardan bu baloni koʻtarsang, albatta, biz senga ishonamiz. Hamda sen bilan birga bani Isroil avlodlarini oʻlkalariga chiqarib yuboramiz”, – dedilar.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Bani Isroil avlodlarini dengizdan sog‘-omon oʻtkazib qoʻyganimizda ular oʻzlari uchun yasab olgan but-sanamlarga sig‘inayotgan qavmga duch kelib qoldilar. Shunda qavm Musoga qarata: “Ey Muso, ularning ilohlari kabi bizga ham sig‘inish uchun iloh yasab ber”, – dedilar. Muso ularga: “Sizlar chindan ham johillik qiluvchi qavm ekansiz”, – dedi.
Biz bani Isroil avlodlarini dengizdan oʻtkazganimizdan keyin ularga zulm va dushmanlik qilish uchun firʼavn va uning lashkari ortlaridan quvib yetdi. Endi unga dengizda g‘arq boʻlish vaqti yetganida firʼavn: “Hech qanday iloh yoʻq, faqatgina bani Isroil avlodlari iymon keltirgan Zot – Allohgina borligiga iymon keltirdim hamda men musulmonlardanman”, – dedi.